Muhammadali Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tursunov Muhammadalidan yoʻnaltirildi)

Muhammadali Tursunov (1938.27.7, Qoʻrgʻontepa tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967-yildan Qoʻrgʻontepa tumanidagi 35maktab oʻqituvchisi. Boshlangʻich sinf xonasini texnika vositalari va lingafon apparatlari bilan jihozlagan. "Sehrli kubiklar", "Sehrli kvadratlar", "Sehrli kitobcha" ixtiro qilgan va taʼlim jarayonida ulardan foydalanadi. "Xumo" alifbo darsligi muallifi.