Qir chigirtkasi
Qiyofa
(Turon chigirtkadan yoʻnaltirildi)
Qir chigirtkasi, turon chigirtka — toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Gʻalla ekinlari zararkupandasi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda tarqalgan. Erkagining kattaligi 24–32 mm, urgʻochisi 35–50 mm. Soni sariq yoki kulrang, boldiri tashqi tomonidan sargʻish, ichki qismi och qizgʻish. May oʻrtalarida lichipkasi chiqadi. Rivojlanish davri 40—45 kun. Asosan, lalmikor yerlarda yashab, gʻalla ekinlariga zarar keltiradi. Kurash choralari: agrotexnika tadbirlariga rioya qilish va zaharli xoʻraklardan foydalanish.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |