Turon (gazeta, Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turon — adabiy-siyosiy gazeta, 1917-yilda Abdulla Avloniy muharrirligi ostida Toshkent shahrida haftasiga 3 marta chop etilgan. Mirmuhsin Shermuhamedov Buxoro ulamolarini tanqid qilib gaz.ning 2-sonida yozgan maqolasidan soʻng, 1917—yil iyulida nashr ishlari toʻxtatilgan. Gazeta 1917—yil 14-sentabrdan Nizomiddin Isomiddin oʻgʻli va Muhammad Amin Afandizodalarning muharrirligida yana bir qancha muddat nashr etilgan. "Turon" sahifalarida Nizomiddinqori, Muhammad Amin Afandizoda, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Shokirjon Rahimiylarning makrlalari berib borilgan. Gazetaning 15 soni Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida saqlanadi.