Turkum:Samarqand Veterinariya Institutlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
"Samarqand veterinariya meditsinasi instituti"
(SamVMI)
Asos solingan 2018-yil
Oʻquv yurti turi Institut
Tipi Tibbiyot
Sohasi Veterinariya
Rektori Yunusov Xudoynazar Beknazarovich
Talabalari 5272
Fakultetlar 6 ta
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Doktorantura 3 yil
Akademiklar 1 ta ta
Manzili 77-uy, Samarqand, M,Ulug'bek, Oʻzbekiston
Vebsayti http://www.samvmi.uz

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti — Veterinariya sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ishlarni olib borish bo‘yicha respublikaning tashabbuslarini amaliy ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan oliy ta'lim muassasasi.

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Veterinariya meditsinasi” institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq 2018-yil 8-mayda tashkil topgan[1].

Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari[tahrir]

  1. Ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, veterinariya sohasida ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qilish;
  2. Veterinariya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
  3. istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada o‘qishga muntazam ravishda yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish;
  4. ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  5. Veterinariya sohasi obekt va subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  6. yetakchi respublika va xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning mutaxassis hamda ekspertlarini o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, Veterinariya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.

Maqomi[tahrir]

  1. Institut oliy ta’lim muassasasi – yuridik shaxs shaklidagi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘lari va mol-mulk bilan javob beradi;
  2. Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik va ta’lim jarayonini yuritish ilg‘or innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya qo‘mitasi tomonidan ta’minlanadi;
  3. Institut 2019/2020 o‘quv yilidan Toshkent viloyati va andijon viloyatida filiallari ochish rejalashtirilgan;
  4. Institutda o‘qish o‘zbek tilida olib boriladi;
  5. Institut bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Qabul[tahrir]

  1. Institut bakalavriatiga qabul qilish kvotasi 2019-2020 o'quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyati bilan, 1400 kishi, jumladan, davlat grantlariga ko‘ra 300 kishi etib belgilangan.
  2. Institut magistraturaga qabul qilish kvotasi 2019-2020 o'quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq , davlat grantlariga ko‘ra 56 kishi etib belgilangan.
  3. Institut abituriyentlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
  4. abituriyentlarni, chet el fuqarolari bundan mustasno, Universitet bakalavriatiga qabul qilish test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
  5. chet el fuqarolari Universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat o‘tkazish orqali to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
  6. Institutga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish kvotalari soni veterinariya sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, institutning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.

Fakultet[tahrir]

  • Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti
  • Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti
  • Zooinjineriya fakulteti
  • Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti
  • Agronomiya fakulteti
  • Agroiqtisodiyot va agroinjeneriya fakulteti

Kafedralar[tahrir]

  • Ichki yuqimsiz kasalliklar va akusherlik kafedrasi
  • Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya kafedrasi
  • Veterinariya jarroxligi kafedrasi
  • Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi
  • Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi
  • Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya kafedrasi
  • Farmakologiya, toksikologiya veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyenasi kafedrasi
  • Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi
  • Parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik kafedrasi
  • Qoramolchilik, yilqichilik va korako’lchilik kafedrasi
  • Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi
  • Biotexnologiya kafedrasi
  • Chorvachilik va o’simlik maxsulotlarini saklash, qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi
  • Agroinjeneriya kafedrasi
  • Agroiqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi
  • Tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
  • O'zbek tili va chet tillar kafedrasi
  • Gumanitar fanlar kafedrasi
  • O’simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish
  • Dehqonchilik va meliorasiya kafedrasi
  • Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi
  • Agrokimyo, tuproqshunoslik, o’simliklar himoyasi va karantini

Ta'lim yo'nalishlari[tahrir]

  • Veterinariya medisinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari)
  • Veterinariya medisinasi (mayda shoxli mollar kasalliklari)
  • Veterinariya medisinasi (yilqi va tuya kasalliklari)
  • Veterinariya medisinasi (kinologiya va it kasalliklari)
  • Veterinariya medisinasi (parranda kasalliklari)
  • Veterinariya medisinasi (baliq kasalliklari)
  • Veterinariya medisinasi (asalari kasalliklari)
  • Veterinariya farmasevtikasi
  • Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
  • Veterinariya sanitariya ekspertizasi
  • Zooinjeneriya (qoramolchilik)
  • Zooinjeneriya (qo‘ychilik-echkichilik)
  • Zooinjeneriya (qorako‘lchilik)
  • Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik)
  • Zooinjeneriya (parrandachilik)
  • Zooinjeneriya (asalarichilik)
  • Zooinjeneriya (baliqchilik)
  • Biotexnologiya
  • O’simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
  • Agronomiya (yem-xashak ekinlari)
  • Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi


Manbalar[tahrir]

Ostturkumlar

Ushbu turkumda faqat bitta ostturkum mavjud.

„Samarqand Veterinariya Institutlari“ turkumidagi sahifalar

Ushbu turkumda faqat bitta sahifa mavjud.