Turktoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turktoz — ot qoʻyib, toʻsatdan hujum qilib talontoroj qilish usuli. Ushbu harbiy taktik usul, asosan, turkiy xalqlar tomonidan harbiy harakatlar chogʻida qoʻllangan. T.dan asosiy maqsad gʻanim qalbiga gʻulgʻula solish, shax.ar, qishloqlarga qoʻqqisdan hamla qilish, dushman kuchlarini parokanda qilish, zarur boʻlganda, "til" olish, turli shakldagi oʻljani qoʻlga kiritish va h.k. hisoblangan. T. aksariyat yengil qurollangan, miqsoran uncha katta boʻlmagan suvoriy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur amaliyotni bajaruvchi suvoriylar toʻdasi qoraxoniylar armiyasida aqinchi (selday tez keladigan, hujum qiladigan), temuriylar qoʻshinida chopqunch i, shayboniylar lashkarida yurtovul istiloxlari bilan yuritilgan.