Turkmaniston universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkmaniston universiteti
Asl nomi turkmancha: Magtymguly adyndaky Türkmen döwlet uniwersiteti
Xalqaro nomi Turkmen State University
Asos solingan 1950-yil

Turkmaniston universiteti, Mahtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1950-yil Ashxobodda pedagogika instituti asosida tashkil etilgan. Mat., fizika, biol., kimyo, geogr., tarix, filol., huquq, ped. va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 10 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi. "Ilmiy axborotlar" nashr etadi (1954-yildan).