Kontent qismiga oʻtish

Turkmaniston davlat sirki

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Turkmaniston davlat sirki
Türkmenistanyň Döwlet Sirki
Түркменистаның Дөвлет Сирки

2015-yil, Turkmaniston davlat sirkining interyeri.
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Ashxobod, Turkmaniston
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Annageldy Bazarov & Arif Zeynalov
Turkmaniston davlat sirki

Turkmaniston davlat sirki — (turkmancha: Türkmenistanyň Döwlet Sirki) Turkmanistonning poytaxti Ashxoboddagi asosiy sirk arenasi. U 1700 oʻringa moʻljallangan sigʻimga ega. Turkmaniston Madaniyat va radioeshittirish vazirligi tomonidan boshqariladi.

Sirk 1979–1984-yillarda qurilgan. 2001-yilda Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurot Niyozov baletga, shuningdek, opera, sirk, Milliy xalq raqs ansambliga taqiq qoʻygan[1]. 2008-yilda Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qoʻyilgan taqiqni bekor qildi[2][3]. Prezident farmoni bilan Turkmaniston davlat sirki qayta SSSR davrida qurilgan eski sirk binosida tashkil etildi. Bu binoni qayta rekonstruksiya qilish 2008-yil iyun oyida amalga oshirildi[4]. 2009-yil oktyabr oyida Turkmaniston davlat sirki qayta ochildi va birinchi spektakl namoyish etildi. Sirk tomoshalari uchun moʻljallangan asosiy maydon diametri 13 metrli aylana maydonchadan iborat. Arenadan sirk binosining eng baland nuqtasigacha boʻlgan balandlik 18 metrni tashkil etadi. Maydon atrofida tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar joylashtirilgan. 2010-yilda esa sirk sanʼatini oʻrgatish uchun maktab-studiya ochildi[5]. 2012-yilda Minskda Turkmaniston davlat sirkining birinchi xorijiy gastrollari boʻlib oʻtdi. 2013-yilda turkman sirkchilari Moskvadagi „Idol“ sirk festivalida oltin medalni qoʻlga kiritdilar[6][7].

  1. „Most eccentric reforms of the late Turkmen leader“. En.ria.ru (2006-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  2. „No need to hurry with multi-party system in Turkmenistan - pres“. En.ria.ru (2010-yil 10-iyul). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  3. „Turkmenistan state circus established by presidential decree | Turkmenistan.ru“. www.turkmenistan.ru. Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  4. „Туркменский государственный цирк откроется 24 апреля“. Turkmenistan.ru (2013-yil 25-iyul). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  5. „В туркменском цирке открылась школа-студия для молодых талантов“. Turkmenistan.ru (2013-yil 25-iyul). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  6. „Джигиты Туркмении получили золото циркового фестиваля "Идол" в Москве“. Ria.ru (2013-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
  7. „Turkmenian djigits won gold at "Idol" Circus Festival in Moscow“. Lenexpo.ru (2013-yil 14-oktyabr). 2013-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.