Turkmaniston-Xuroson togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Turkmaniston-xuroson togʻlaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Turkmaniston-xuroson togʻlariEronnint shimoli-sharqiy va Turkmanistonning janubiy qismidagi togʻlar, gʻarbda Elburs va sharqda Paropamiz toglari oraligida. Uz. 600 km dan ziyod, eni 250 km. Bal. 1500–2500 m, eng baland joyi 3314 m (Kengzoshk choʻqqisi). Atrek va Koshafrud daryolarining boʻylama choʻzilgan vodiy va soyliklari T,Turkmaniston-Xuroson togʻlarini Kopetdogʻ va Nishopur togʻlarita boʻlib yuborgan. Janubida Alp geosinklinal oblastining shimoliy chekkasini tashkil etadi. T.Turkmaniston-Xuroson togʻlari OlatogʻBinalud megantiklinoriysi, KuchanMashhad pliotsenantropogenning yotqiziklar qoplagan bukilmasi va Kopetdogʻ megantiklinoriysi mavjud boʻlgan yoysimon palaxsaliburmali sistemasidan iborat. Alpgacha boʻlgan asosi tokembriyning geosinklinal metamorfik jinslaridan, paleozoyning subplatforma va yuqori paleozoyning effuzivchoʻkindi formatsiyalaridan tuzilgan. T.X.T. seysmik faol zonada. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, polimetall rudalar, qurilish materiallari, togʻ etaklarida gaz konlari topilgan.