Kontent qismiga oʻtish

Turkman tasviriy sanʼat muzeyi

Turkman tasviriy sanʼat muzeyi (turkmancha: Sungat Muzeýi) – Turkmanistonning Ashxobod shahridagi sanʼat muzeyi[1][2]. 1927-yilda rus haykaltaroshi A.A.Karelin tomonidan asos solingan va 1939-yilda Tasviriy sanʼat muzeyi maqomiga ega boʻlgan.

Muzey fondida turkman, rus va xorijiy rassomlarning rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafika kabi 6000 dan ortiq asarlari mavjud.

Muzeyda Ivan Cherinko[3], Durdi Bayramov, Byashim Nurali, Husayn Huseinov, Amangeldi Hydir, I.Ilisl, Izzat Qilichev, S.Babicov hamda Yevropa rasmlari, jumladan italyan, golland, flamand, nemis va ingliz rassomlari asarlari jamlangan.

  1. „Ashgabat“. Stantours.com. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
  2. „Museum of Fine Arts“. Lonely Planet. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
  3. Chirtsova, Svetlana „Ivan Cherinko - a painter conquered by the beauty of Turkmenistan“ (en). turkmenistan.gov.tm (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.

37°56′07″N 58°22′29″E / 37.93528°N 58.37472°E / 37.93528; 58.37472