Turkiyadagi ozarbayjonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karapapaxi

Turkiyadagi ozarbayjonlar ( ozarbayjoncha: Türkiyə azərbaycanlıları turkcha: Türkiye Azerileri) - Turkiyada yashovchi ozarbayjonlar. Diniga ko'ra - musulmonlar (shialar va sunniylar). Ozarbayjon va turk tilida gaplashadi. Turkiyadagi ozarbayjonlar soni 700-800 ming[1]ni tashkil etadi. Hozir ular Yigdir shahridagi eng katta etnik guruh hisoblanadi, Kars shahrida esa ikkinchi oʻrinda turadi[2][3] (batafsil maʼlumot uchun quyidagi maqolani koʻring "Ozarbayjonlar Karsda").

Qayta joylashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tahminlarga ko`ra, hozirgi Turkiya hududidagi ozarbayjon turkiy qabilalari zamonaviy birinchi marta Safaviylar hukmronligi davrida Kars va unga qoʻshni viloyatlarda paydo boʻlgan[4]. XIX asr boshlarida Rossiya va Fors oʻrtasidagi Guliston va Turkmanchoy shartnomalariga muvofiq Qorabogʻ (1813-yil), Naxichevan (1828-yil) va Erivan (1828-yil) xonliklari Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgach, ularning soni ham koʻpaydi. Rossiya va Turkiya oʻrtasidagi Adrianopol shartnomasiga koʻra, nasroniylar va musulmonlar yashash joyini tanlash huquqiga ega boʻldilar va ozarbayjonlarning bir qismi Shimoliy Kavkaz xalqlarining vakillari bilan birga Turkiyaga hijrat qilib, Kichik Osiyoningsharqida, ayniqsa, Erzurum hududidagi Senkayada va Agradagi Toshlichoyda [5][4][6] joylashdilar. Turk tilining Erzurum shevasi ozarbayjon tilining taʼsirida shakllangan[7]. Fonemik tahlil shuni koʻrsatadiki, turk tilining Elazig viloyati[8], Erjis viloyati hamda Van provinsiyasi[9] shevalari ham ozarbayjon tili ta'sirida shakllangan.

1813-yilda Qorabogʻlik bir guruh ozarbayjonlar Afyon viloyatining janubiy qismidagi Azizyega joylashdilar. Ular sezilarli darajada moslashgani tili va dinida oʻz aksini topgan boʻlsa ham haligacha oʻzlarini “qorabogʻli” (“qorabogʻlilar”) deb atashadi va mahalliy aholi tomonidan alohida etnik guruh sifatida qaraladilar[10]. Xuddi shu guruhning yana bir bo'limi Yigdirga joylashdi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Afyondagi qoraboʻgʻlilarning bir guruhi 1578-yildayoq Turkiyaga kelib qoʻnim topgan boʻlib, Safaviylar sulolasi hukmronligi ostida bo`lgan Fors bilan ikkinchi urushda Usmonlilar imperiyasi tarafida kurashgan[11].

Bundan tashqari, XIX asr boshlarida Shirvonlik, asosan, Axsu shahridan boʻlgan bir qancha sunniy oilalar Amasiyaga kelib qoʻnim topganlar, ular uzoq vaqt davomida “Shirvonlilar” (“Shirvonliklar”) nomi bilan mashhur boʻlgan[12]. 1894-yilda Shayx Hoji Mahmut afandi bu yerda barokko uslubida noyob masjidi qurdiradi[13]. Bu masjid Shirvonli masjidi (Shirvonliklar masjidi) yoki Azeriler masjidi (Ozarbayjonlar masjidi) nomi bilan mashhur[14]. Bu muhojirlarning avlodlari hozirda Amasiyaning olti qishlog‘ida, Suluov va Merzifon tumanlarida istiqomat qilib, ozarbayjon etnik o‘zligini saqlab kelmoqda. Shekidan bo`lgan ozarbayjonlarning yana bir guruhi 1863-yilda Bursaga koʻchib oʻtishadi.

Ozarbayjonlarning Turkiya sharqiga koʻchib ketishining navbatdagi toʻlqini 1918-1925-yillarda sodir boʻldi, oʻshanda koʻplab ozarbayjonlar Armaniston mustaqilligini eʼlon qilgan hududdagi arman millatchilaridan (tashnoqlardan) qochib ketishga majbur boʻlishgan[15]. 1941-yilda Arpachay daryosining turk qirgʻogʻida joylashgan 60 ta qishloqda 5000 ozarbayjon istiqomat qilishgan[16]. Bular 1920-yilning aprel oyida Ozarbayjon bolsheviklar tomonidan bosib olinib, unda Sovet hokimiyati oʻrnatilganidan keyin mamlakatni tark etgan muhojirlarning avlodlari edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasining ag‘darilgan hukumati a’zolari va ularning oila a’zolari, ozarbayjon aristokratiyasi va sanoat elitasining ko‘plab vakillari ham Turkiyaga hijrat qildilar. Ular asosan Istanbul, Bursa va Anqara shaharlarida joylashib, 1925-va 1935-yillarda sovet-turk oʻrtasida hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnomalar imzolanmaguncha Turkiyada sovetlarga qarshi tashviqot olib bordilar . Bu ozarbayjon vatanparvarlik harakatidagi ayrim siyosiy faol aʼzolarning 1930-yillar oxirida Turkiyadan Germaniya va Polshaga koʻchib ketishiga sabab boʻldi.

1946-yilda Turkiyada tashkil etilgan surgundagi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati SSSR parchalangandan so`ng Erondan kelgan etnik ozarbayjon siyosiy muhojirlarni qoʻllab-quvvatladi[4]. 1990-yilga kelib Sovet-Turkiya chegarasining Turkiya tomonida 400 mingga yaqin ozarbayjonlar yashagan. 1990-yillarning boshidan iqtisodiy sabablarga ko'ra Ozarbayjondan Turkiyaga yangi emigratsiya to'lqini keldi. Bu muhojirlar katta shaharlarga joylashdilar. Turkiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2003-2013-yillar oraligʻida Ozarbayjondan kelgan 15 mingdan ortiq muhojir Turkiya fuqaroligini olgan.

Karapapaxilar — ozarbayjonlarning subetnik guruhi[17][18][19] hisoblanadi.

Turkiyadagi ozarbayjonlar, asosan, ozarbayjonlar va Anadolu turklari oʻrtasidagi madaniyat va til yaqinligi jihatidan jamiyatga yaxshi moslashganlar. Biroq din masalasida tafovutlar mavjud (Ozarbayjonlar, asosan, shialar, Anadolu turklari esa, asosan, sunniylardir). 2011-yilda Yigdir shahridan etnik ozarbayjon va diaspora faoli Sinan Ogan Turkiya parlamentida mansabga ega bo`ladi .

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Мамедли А. Соловьева Л. Т.. Азербайджанцы. М.: Наука, 2017 — 33 bet. 
  2. „Qarslı bir azərbaycanlının ürək sözləri. Erol Özaydın“. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  3. „KARS: AKP’nin kozu tarım desteği. Milliyet. 2012-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Azerbaijan and the Challenge of Multiple Identities by Alireza Asgharzadeh. The Middle East Review of International Affairs. 2008-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  5. Asian and African Studies by Ḥevrah ha-Mizraḥit ha-Yiśreʾelit. Jerusalem Academic Press., 1987; p. 57
  6. Peter A. Andrews. Türkiye’de etnik gruplar. Akyüz Kitabevi, Istanbul: 1992. ISBN 975-7350-03-6
  7. Ali Ertuğrul Gürtekin, Hasan Şahmaranoğlu. Necip Asım Yazıksız (Balhasanoğlu) ve Kilis ağzı üzerine incelemeler. Kilis Kültür Derneği, 1995; p. 97
  8. „A thesis on some of the regional dialects of Turkey“. 2011-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  9. Muhan Bâli.Erciş'li Emrah ile Selvi Han hikâyesi varyantların tesbiti ve halk hikâyeciliği bakımından önemi. Baylan Matbaası, 1973; p. 25
  10. Yalgin, A.R. Emirdağ ve Iğdır’da Karabağlılar Oymağı Arasında. Türk Folklor Araştırmaları Dergisi, 74:1476
  11. Caferoglu, A. Karabağ Türkmenleri ve Şirvanlılar. 1959; p. 178
  12. „Azerbaycan’dan Amasya’ya Ziyaret“. 2011-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  13. Türkiye Diyanet Vakfı İslam Ansiklopedisi. v.33. 2008; p.589
  14. „Ayrancı Köyü — Biz Azeriler“. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  15. „Turkish-Armenian War of 1920“. 2012-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  16. „Руководитель азербайджанских тюрков об освобождении Кавказа.“. 2012-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  17. „Азербайджанцы“. БСЭ. 2012-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  18. „Карапапахи“. Российский Этнографический музей. 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  19. Азербайджанская советская энциклопедия. Баку: Главная редакция Азербайджанской советской энциклопедии, 1979 — 64 bet.