Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkiyaning Istanbul shahridagi Vodafone Parkda 2017-yilgi Yevropa amputantlar futbol chempionati final o‘yinida Turkiya va Angliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan. Turkiya terma jamoasi aʼzolari gʻolibnikni nishonlashmoqda.

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiyaning amputantlar futboli boʻyicha erkaklar terma jamoasidir. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Turkiya Nogironlar Sporti Federatsiyasi tomonidan boshqariladi (turkcha: Türkiye Bedensel Engelliler Spor Federasyonu, qisqartmasi: TBESF. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiya nomidan amputantlar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarida qatnashadi. Xususan, Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi amputantlar futboli boʻyicha 2 ta asosiy futbol turnirlarida qatnasadi. Ular: Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati.

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi ikki karra Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻoliblari (2017-yilgi va 2021-yilgi chempionatlarda) va bir marta Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻoliblari (2022-yilgi amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Angolani magʻlub etib qoʻlga kiritgan).

Amputantlar futboli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amputantlar futboli — bu har bir jamoada yettita oʻyinchi (oltita maydon oʻyinchisi va bitta darvozabon) bilan oʻynaladigan imkoniyati cheklangan sportchilar uchun maxsus futbol sport turi[1]. Amputantlar oʻrtasidagi futbol oʻyinida maydon oʻyinchilari pastki qism amputantlik nuqsoni bilan (oyoq qismidagi tana nuqsoni), darvozabonlarda esa yuqori qism amputantlik nuqsoni (qoʻl qismidagi tana nuqsoni) bilan ishtirok etishadi. Maydon oʻyinchilar loftstrand (bilak) tayoqchalaridan foydalangan holda maydonda harakatlanishadilar va protezsiz oʻynashadi. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionati yoki amputantlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionati (1984-yildan 2003-yilgacha) amputantlar futboli boʻyicha jahon chempionatidir[2][3]. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionatini Butunjahon Amputantlar Futbol Federatsiyasi (WAFF) tashkil qiladi[4].

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining erishgan yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sana Manzil Oʻrin Man.
Jahon chempionati
2005-yil 11-21- avgust  BRA Rio-de-Janeyro 5 [4]
2007-yil 11-21-noyabr  TUR Antaliya 3rd [4]
Jahon chempionati
2010-yil 16-24-oktyabr  ARG Crespo, Entre Rios 3rd [1]
2012-yil 7-14-oktyabr  RUS Kaliningrad 3rd [1]
2014-yil 30-noyabr — 8-dekabr  MEX Culiacan 3rd [1]
2018-yil 27-oktyabr — 4-noyabr  MEX San-Xuan de los Lagos 2nd [1]
2022-yil 30-sentyabr — 9-oktyabr  TUR Istanbul 1st [1]
Yevropa chempionati
2004-yil 27-may — 2-iyun  UKR Kiyev 2nd
2008-yil 1-6-dekabr  TUR Antaliya 2nd [5]
2017-yil 1-10-oktyabr  TUR Istanbul 1st
2021-yil 12-19-sentyabr  POL Krakov 1st

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 9-oktabr holatiga koʻra belgilangan Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi.

Murabbiy: Turkiya Usmon Chakmak 

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Mert Yıldız  TUR Şahinbey BG
26 1DA Bülent Çetin  TUR Etimesgut BS
35 1DA Erdi Arslan  TUR Altay SK
4 2HM Muhittin Kurt  TUR Etimesgut BS
5 2HM Okan Şahiner  TUR TSK Rehab Merkezi Eng
22 2HM Fuat Taştan  TUR Şahinbey BG
57 2HM İsmail Korkmaz  TUR Pendik Eng Spor
6 3YH Şeyhmus Erdinç  TUR Etimesgut BS
7 3YH Serkan Dereli  TUR Pendik Eng SK
9 3YH Fatih Şentürk  TUR Şahinbey BG
10 3YH Rahmi Özcan  TUR Şahinbey BG
17 3YH Savaş Kaya  TUR TSK Rehab Merkezi Eng
8 4HJ Kemal Güleş  TUR Etimesgut BS
11 4HJ Ömer Güleryüz  TUR Etimesgut BS

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]