Turkiya Respublikasi Markaziy banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkiya Respublikasi Markaziy banki
Türkiye Cumhuriyet Merkez Bankası
Bosh qarorgohi Turkiya, Anqara
Koordinatalari Koordinatalari: 39°56′21″N 32°51′08″E / 39.939167°N 32.852222°E / 39.939167; 32.852222 G O
Tashkil etilgan yili 1930-yil
Mulkchilik shakli Aralash mulkchilik: Gʻaznachilik va banklar[1]
Asosiy shaxslar Shahob Kavjioʻgʻli
Bank raisi
Markaziy banki Turkiya bayrogʻi Turkiya
Valyutasi Turk lirası
Oltin-valyuta zaxiralari

$105.9 milliard

(2022-yil mart)[2]
Veb sayti www.tcmb.gov.tr
Anqara shahri Ulus tumanida joylashgan Turkiya Markaziy bankining bosh qarorgohi binosi

Turkiya Respublikasi Markaziy banki (turkcha Türkiye Cumhuriyet Merkez Bankası A.Ş. yoki qisqacha TCMB) banknotlarni muomalaga chiqaruvchi, Turkiya Respublikasi hukumatining pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi, kassir vazifasini bajaruvchi hamda iqtisodiy va moliyaviy maslahatchi vazifasini bajaruvchi yuridik jihatdan mustaqil iqtisodiy muassasadir. Markaziy bank qogʻoz pullarni (banknotlarni) chop etishda monopol mavqega ega va vakolatlari doirasida pul-kredit siyosatini mustaqil belgilaydi. Bundan tashqari, Gʻaznachilik va Moliya vazirligiga qarashli zarb va shtamp bosmaxona bosh boshqarmasi tomonidan zarb qilingan tangalar muomalasi Markaziy bank tomonidan ta’minlanadi.

Markaziy bank Turkiyadagi EPOʻ (Elektron pul oʻtkazmasi) va EQQOʻ(Elektron qimmatli qogʻozlar oʻtkazmasi) tizimlariga egalik qiladi[3]. Bank Jahon Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiyalar Jamiyatining (SWIFT) Turkiyadagi qismini boshqaradi[4].

Umumiy maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy bankning asosiy maqsadi narx barqarorligini taʼminlashdan iborat. Bank, shuningdek, oʻzining asosiy maqsadiga zid boʻlmasa, mamlakat taraqqiyoti uchun amalga oshiriladigan siyosatni qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirish uchun faqat bank vakolatlidir. Narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida oʻzi belgilaydigan siyosat doirasida pul-kredit siyosati vositalaridan erkin foydalanishi mumkin. Bank siyosat vositalarini amalga oshirish va iqtisodiyotni monitoring qilish uchun zarur bo'lgan maʼlumotlarni to'plash va auditorlik institutlariga haqli. Bankning vazifa va vakolatlarini quyidagi sarlavhalar ostida guruhlash mumkin[5].

  1. Banknotlarni muomalaga chiqarish va pul muomalasini taʼminlash. Pul-kredit siyosatiga muvofiq zarur boʻlgan mamlakat valyutasidagi banknotlarni muomalaga chiqarish. U pul muomalasi va hajmini tartibga solish uchun zarur tashkilotni taʼminlaydi, usullar va texnik infratuzilmani taʼminlaydi va boshqaradi.
  2. Pul-kredit siyosatini belgilash: Bank narx barqarorligini ta’minlash maqsadida pul-kredit siyosatini belgilaydi va amalga oshiradi. Shu maqsadda u foiz stavkalarini belgilaydi va banklarga oxirgi instansiya kreditori sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, pul-kredit siyosati maqsadini amalga oshirish uchun u moliyaviy bozorlarni yaqindan kuzatib borishi va faoliyat yuritayotgan institutlarning toʻgʻri harakat qilishini kuzatishi mumkin. Nazorat zonasidan tashqarida boʻlgan hollarda, bank nazorat qilish huquqiga ega boʻlgan boshqa muassasalar va tashkilotlarni xabardor qiladi va ular bilan hamkorlik qiladi.
  3. Davlat moliya agentligini bajarish: Bank davlatning debitorlik va qarzlarini toʻlash va iqtisodiy tendentsiya haqida hukumatni xabardor qilish boʻyicha tabiiy moliyaviy agentdir. U shu maqsadda ochiladigan davlat qarzlari auksionlarida vositachi vazifasini bajaradi. Shuningdek, u hukumat va boshqa muassasa va tashkilotlarni davlat moliya agentligi doirasidagi iqtisodiy vaziyat bilan bogʻliq voqealar toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Mulkchilik shakli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya Markaziy banki aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilingan. Bankning ustav kapitali 25 000 liraga teng boʻlib, ustav kapital 250 000 dona oddiy aksiyalardan tashkil topgan. Turkiyaning Markaziy bank toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq, ushbu aksiyalar toʻrtta toifaga boʻlinadi:

  • A toifadagi aksiyalar faqat Turkiya Moliya va Gʻaznachilik vazirligi uchun ajratilgan.
  • B toifadagi aksiyalar Turkiyada faoliyat yurituvchi milliy banklarga ajratilgan.
  • C toifadagi aksiyalar milliy banklar va imtiyozli kompaniyalardan boshqa banklarga ajratilgan.
  • D toifadagi aksiyalar Turkiyadagi tijorat muassasalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan.

2018-yilning yakuni holatiga koʻra, Turkiya Markaziy bankining ustav kapitali 55,12% A toifadagi aksiyalardan tashkil topgan. Qolgan qismi esa B (25,74%), C (0,02%) hamda D (19,12%) toifalaridagi aksiyalardan iborat [6].

Bankning rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy bankning tashkil etilishiga asos boʻlgan 1715-sonli Markaziy bank qonuni davr shartlariga muvofiq tayyorlangan. Qonunga ko‘ra, banknotlarni muomalaga chiqarish imtiyozi Markaziy bankka berildi. Markaziy bank tom maʼnoda Gʻaznachilik agenti sifatida tasvirlangan. Bankning pul-kredit siyosati vositalaridan foydalanishi va hukumat bilan hamkorlikda faoliyatini davom ettirishi ham qonunning asosini tashkil etdi. 1715-sonli qonun bilan mamlakat taraqqiyotini ta’minlash Markaziy bankning asosiy vazifasi etib belgilangan[7]. Qonunga ko`plab oʻzgartirishlar kiritilgan bo‘lsa-da, Markaziy bankning asosiy vazifasi, uning hukumat bilan ishlashi va valyuta nazoratini davom ettirish saqlanib qoldi.

1970-yilda 1211-sonli Markaziy bank qonuni kuchga kirdi va 1715-sonli Markaziy bank qonuni bekor qilindi. 1211-sonli Qonunning eng muhim farqi shundaki, u Markaziy bank vakolatlarini oshirdi. Ushbu qonun bilan bankning asosiy maqsadi rivojlanish rejalari va davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash belgilandi[5]. 1980-yildan keyin Turkiyaning import oʻrnini bosish oʻrniga eksportni qoʻllab-quvvatlovchi rivojlanish rejasiga oʻtishi va 1980-yillardagi texnologik oʻzgarishlar Markaziy bankning ham modernizatsiya jarayoniga kirgan yillari boʻldi[8]. 1980-yillarda yana valyuta nazorati bekor qilindi.

Vazifa va vakolatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Bankning bosh maqsadi narxlar barqarorligiga erishish va uni saqlab qolishdan iborat. Bank mustaqil amalga oshiradigan pul-kredit siyosatini va narxlar barqarorligiga erishish va uni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanadigan monetar siyosatini belgilaydi“.

Bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish;
  • turk lirasi qiymatini himoya qilish va valyuta almashtirish kurs siyosatini oʻrnatish;
  • majburiy zaxira va likvidlik stavkalarini belgilash;
  • mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish;
  • turk lirasining hajmi va muomalasini tartibga solish;
  • moliyaviy tizim barqarorligini taʼminlash va moliya bozorlarini monitoring qilish.

Bankning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:

  • Turkiyada banknot emissiya qilishning mutlaq huquqi;
  • Inflyatsion targetlashni birgalikda aniqlash va pul-kredit siyosatini amalga oshirish huquqi;
  • Jamgʻarma omonatlarini sugʻurtalash fondiga avans berish imtiyozi;
  • Oxirgi instansiya qarz beruvchi roli;
  • Moliya muassasalaridan zarur maʼlumotlarni soʻrash huquqi.

Binosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

20 000 turk lirasi (1988-1997) banknotining orqa tomonida Turkiya Markaziy bankining Anqarada joylashgan bosh ofisi tasvirlangan.

Bankning eski bosh ofisi binosi -1947 yillardagi 50 qurush (1 lira 100 qurushdan iborat)lik banknot [9] hamda 1952-1966 yillardagi 2,5 liralik banknotning [10] orqa tomonida tasvirlangan. 1988-1997 yillardagi nominal qiymati 20 000 lira boʻlgan banknotning orqa tomoniga yangi bosh ofis binosi tasviri tushirilgan [11].

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
  2. „TCMB - International Reserves and Foreign Currency Liquidity“.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 4 temmuz 2007da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 haziran 2007.
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 15 ekim 2009da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 ekim 2020.
  5. 5,0 5,1 1211 sayılı Merkez Bankası Kanunu
  6. "Sermaye ve Hissedarlık Yapısı" (in Turkish), CBRT. Archived on 25 March 2020 at the Wayback Machine.
  7. 1715 sayılı Merkez Bankası Kanunu
  8. Erçel, Gazi. "Türkiye’de Merkez Bankacılığı." 26 Ocak 1999, Sofya
  9. Central Bank of the Republic of Turkey (Wayback Machine saytida 2009-06-15 sanasida arxivlangan). Banknote Museum: 2. Emission Group - Fifty Kurus - I. Series (Wayback Machine saytida 2009-04-17 sanasida arxivlangan). – Retrieved on 20 April 2009.
  10. Central Bank of the Republic of Turkey (Wayback Machine saytida 2009-06-15 sanasida arxivlangan). Banknote Museum: 5. Emission Group - Two and a Half Turkish Lira - I. Series (Wayback Machine saytida 2009-02-04 sanasida arxivlangan), II. Series (Wayback Machine saytida 2009-02-04 sanasida arxivlangan), III. Series (Wayback Machine saytida 2009-02-04 sanasida arxivlangan) & IV. Series (Wayback Machine saytida 2009-02-04 sanasida arxivlangan). – Retrieved on 20 April 2009.
  11. Central Bank of the Republic of Turkey (Wayback Machine saytida 2009-06-15 sanasida arxivlangan). Banknote Museum: 7. Emission Group - Twenty Thousand Turkish Lira - I. Series (Wayback Machine saytida 2011-06-16 sanasida arxivlangan) & II. Series (Wayback Machine saytida 2011-06-16 sanasida arxivlangan). – Retrieved on 20 April 2009.