Turkiston shox iloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiston shox iloni, turkiston shilliq qurti (Agrolyma xagritis vas. turanicus) — mollyuskalar tipiga mansub chigʻanoqsiz shilliqurt. Tanasining uzunligi 30 — 60 mm. Usti teri parda bilan qoplangan kichkina plastinka koʻrinishidagi chigʻanoq qoldigʻi saqlangan. Sariq, oqsariq, sargʻishpushti tusli. Qoramtir yoʻl yoki dogʻchalari bor. Oʻzidan rangsiz shilimshiq modda ajratadi. Sernam daraxtzor va ochiq yerlarda yashaydi. Madaniy oʻsimliklarga zarar keltiradi.