Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi - mahalliy sharoitlarda qishloq xoʻjaligi. ekinlarini yetishtirish usullari va seleksiyasini oʻrgangan ilmiy tadqiqot muassasasi. 1898-yilda Toshkent yaqinida Rossiya Yer ishlari boʻlimi tomonidan ochilgan. Dastlab dalachilik va bogʻdorchilik boʻlimlaridan iborat boʻlgan, shuningdek, agrotexnika lab. ham tashkil etilgan. 1902-yildan styada tezpishar gʻoʻza navlari, tokchilik, polizchilik boʻyicha tadqiqot olib borilgan, ipak qurti oʻrganilgan, mahalliy suv va tuproq tarkibi gʻamda ularning birbiriga taʼsiri tadqiqqilingan. Styaga professor F.M.GarnichGarnitskiy (1898—1903), P.P.Shreder (1903—25) rahbarlik qilgan. 1925 dan stya Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (hozirgi akademik R. R. Shreder nomli Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti)ga aylantirilgan.