Turin politexnika universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti
(TTPU)
Xalqaro nomi Turin Polytechnic University in Tashkent
Oʻquv yurti turi Universitet
Talabalari 400+
Professorlar 30+ ta
Manzili Toshkent shahar, 100000, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli, 17
Vebsayti Polito.uz veb-sahifasi

Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti[tahrir]

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Oʻzbekistonning eng nufuzli Oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi va u xalqaro nomga ega. Italiyaning Turin shahridagi Turin politexnika Universiteti bilan xamkorligda tashkil etilgan bu universitet Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan. Universitetning asosiy maqsadi yuqori texnalogiyaga asoslangan sanoatning yuqori tarmoqlariga yetuk kadrlar yetkazib berishdan iboratdir.

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekistonning taʼlim sohasida yuqori mavqega ega boʻlgan universitet Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga muvofiq sanoatning yuqori tarmoqlarini yanada rivojlantirish va shu doirada sanoatning rivojlanayotgan tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar yetqazib berish haqidagi qonuniga muofiq 2009 — yil 28-aprelda tashkil topgan. Universitet bilan Oʻzbekistonning Oliy taʼlim vazirligi General Motors kompaniyasi keng qamrovda hamkorligni yoʻlga qoʻygan .

Taʼlim Jarayonlari[tahrir]

Universitetda oʻquv jarayonlari Italiyaning Turin universiteti va xalqaro standartlaga mos ravishda olib boriladi Italiyadan kelgan yuqori malakali proffessorlar va mahaliy proffessorlar talabalarga taʼlim berishadi. Aytib oʻtish joizki Universitetda darslar toʻliq Ingiliz tilida olib boriladi. Dars jarayonlari zamonaviy metodik yoʻnalishlarga mos rafishda olib boriladi. Talabalarga ilim olishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan va Internet bilan taminlangan butun universitet boylab wifi tarmogʻi ishlab turadi . Labaratoriya xonalari eng zamonaviy jixozlar bilan taminlangan . Oʻzbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan taʼlim standartlariga mos ravishda talabalarga Oʻzbekistonda va xalqaro miqiyosda amal qiladigan diplom beriladi .

Fakultetlar[tahrir]

  • Axborot texnalogiyalari va ishlab chiqarishda BTA

Bu yonalishda talabalarga birinchi navbatta zamonaviy axborot texnalogiyalari va ularning qoʻllanilishi borasida taʼlim beriladi, yana dasturlash texnalogiyasiC ,C++, va boshqa dasturlash tillari boʻyicha koʻnikmalarga ega bolishlari munkin .

  • Sanoat-Fuqoro qurilish va arxwtikturasi

Sanoatning muhim tarmoqlaridan boʻlgan qurilish va arxetektura boyicha talabalarni qabulaqiladi va qurilish texnalogiyasi, koʻp tarmoqli ishlab chiqarishda qurilish va arxetektura borasida yetuk kadrlar yetishtirb chqarishga moslashgan.

  • Energetika

Bu yoʻnalishda talabalargasanoatda energatikani ishlab chiqarish va uni boshqarish, taqsimlash kabi sohalarga yoʻnaltirilgan tarmoqlarga kadrlar yetishtirib beradi.

  • Mashinasozlik texnalogiyasi

Universitetda eng koʻp joy mana shu fakultet hissasiga toʻgʻri keladi va mashinasozlik texnalogiyasi universitetning eng muhim tarmogʻlaridan biri hisoblanadi .

Binosi[tahrir]

Takidlash joizki Turin palitexnika universiteti Oʻzbekistonning eng zamonaviy binolarida biriga ega chunki bino eng zamonaviy uslubda qurilgan va jixozlangan. Universitet hududi 10 gektarga yaqin hisoblanadi va unda fudbol maydini , yopiq sportzal , basseyn, va boshqa sport maydonchalari mavjun. Eng etiborga loyiq taraflaridan biri bu Texnopark hisoblanadi, bu labaratoriya zalida yangi zamonaviy texanlogiyalar bilan yanada yaqinroq tanishish imkoniyati bor bu esa talabalarga juda katta amaliy tajriba beradi .

Havolalar[tahrir]