Turgor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Turgor (lot. turgere — boʻrtmoq, toʻlmoq) — hujayra qobigʻining taranglik holati. T. xujayra ichidagi suyuklik va tashqi eritmaning osmotik bosimi qamda hujayra qobigʻining elastikligi tufayli roʻy beradi. Odatda, hayvonlar hujayrasi qobigʻining tarangligi uncha yuqori boʻlmaganidan (baʼzi boʻshliqichlilar bundan mustasno) T. holati kuchli emas; ularning bir butunligini faqat izotonii eritmalar saqlaydi. Tirik oʻsimlik hujayralarida esa ichki hujayra shirasining osmotik bosimi tashqi eritma osmotik bosimidan har doim katta, lekin hujayra devori sellyulozadan iborat boʻlganligi uchun hujayra qobigʻi yorilib ketmaydi. T. tufayli oʻsimlik toʻqimalari tarang va mustahkam boʻladi. Avtoliz jarayoni, oʻsimlikning soʻlishi va qarishi T. pasayishi oqibatida roʻy beradi.