Turahanoğlu oilasi
Turahanoğullari oilasi (turkcha: Turahanoğulları, Turahanoğlu ailesi) – XV–XVI asrlar oraligʻida Usmoniylar imperiyasida akıncı korpusiga boshchilik qilgan oilalardan biri.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu oilaning kelib chiqishi turk yürüklardan boʻlib, ularning nasli Saruhanlik Yigit beyga borib taqaladi, Yigit bey mashhur sarkarda boʻlgan[1][2]. 1390-yilda Usmoniylar Makedoniyaning (bugungi Shimoliy Yunoniston hududi) bir qismini oʻz nazoratiga olgach, saruhanlik yürüklar ham ularning ortidan koʻchib kelishgan. Posho Yigit bey qabila aʼzolari bilan chegara hududga joylashib, oʻzining itoatsiz qabiladoshlariga boshliq etib tayinlangan[3]. 1392-yilda Posho Yigit bey Usmoniylar qoʻshinini boshqarib, Skopyeni (Üsküp (turk tili)) zabt etdi va shu sababli Usmoniylar tomonidan Skopyeni fath etgan shaxs deya eʼtirof etildi[4].
Posho Yigit bey Usmoniylar imperiyasining chegara viloyati Üsküp sanjagining birinchi hokimi (uç beği (turk tili)) boʻlgan va 1392-yildan 1413-yilgacha 21 yil davomida shu lavozimda xizmat qilgan[5] U vafot etib, Skopyeda dafn etilgan.[6]. Uning Turahan Bey va Isʼhoq Bey Hranić ismli ikki oʻgʻli boʻlgan. Turahan Bey mashhur Usmoniy harbiy qoʻmondoni boʻlib, 1423-yildan 1456-yilgacha Thessalyning hokimi lavozimida xizmat qilgan. U XV asrning ikkinchi choragida Usmoniylar yurishlarida faol ishtirok etgan, Vizantiyaliklarga va Varna salb yurishiga qarshi jang qilgan. Turahan Beyning ikki oʻgʻli Ahmad va Ömer boʻlgan. Ömer Usmoniy sarkardasi va hokimi boʻlib, asosan, janubiy Yunonistonda faoliyat yuritgan. U 1440–1450-yillarda Vizantiyaliklarga hamda 1460-yillarda Venetsiyaliklarga qarshi Moreada jang qilgan. 1456-yilda Afina gersogligini (lotin hukmronligi davri) zabt etgan. Shuningdek, u Albaniya, shimoliy-sharqiy Italiya, Valaxiya va Onadoʻlida ham harbiy yurishlarda qatnashgan[7][8].
Oila aʼzolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turahan Bey (faoliyati: 1413, vafoti: 1456) – sarkarda va hokim, Posho Yigit beyning oʻgʻli
- Turahanoğlu Ahmad bey
- Turahanoğlu Ömer bey (faoliyati: 1435–1484) – sarkarda va hokim
- Hasan Bey
- Idris Bey
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Malcolm, Noel. Rebels, Believers, Survivors Studies in the History of the Albanians. Oxford University Press, 2020 — 163-bet. ISBN 9780192599223. Qaraldi: 28) august 2021. „Turahan Bey, who died in c.1456, inherited large land-holdings in Thessaly from his father, Yiğit Bey, a prominent Yürük commander.“
- ↑ Apostolos Euangelou Vakalopoulos. [Origins of the Greek nation: the Byzantine period, 1204-1461. Rutgers University Press, 1970 — 163-bet. Qaraldi: 24) september 2013.
- ↑ Halil İnalcık. The Ottoman Empire: Conquest, Organization and Economy. Variorum Reprints, 1978 — 119, 125-bet. ISBN 978-0-86078-032-8. Qaraldi: 24) september 2013.
- ↑ Babinger 1987, s. 876.
- ↑ Öztuna, Yılmaz. Devletler ve hânedanlar: Türkiye : 1074 - 1990. Kültür Bakanlığı, 2005 — 802-bet. „Manisalı Paşa Yiğit Bey (ölm. Üsküb 1413), Üsküb fâtihi ve ilk s.b. 6.1.1392 - 1413 = 21, med. Üsküb.“
- ↑ ; Hazim Šabanović[Putopisi: odlomci o jugoslovenskim zemljama. Sarajevo-Publishing, 1996 — 280-bet. Qaraldi: 26) july 2013. „Paša Jigit-beg je umro u Skoplju i sahranjen je u posebnom turbetu u dvorištu Meddah-džamije.“
- ↑ Babinger 1987.
- ↑ Stavrides, Théoharis. The Sultan of Vezirs: The Life and Times of the Ottoman Grand Vezir Mahmud Pasha Angelovic (1453–1474). Brill, 2001. ISBN 90-04-12106-4.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Finkel, Caroline. [Osman's dream: the story of the Ottoman Empire, 1300-1923, 2012. ISBN 9780465008506. ](https://books.google.com/books?id=9cTHyUQoTyUC|year=2012|isbn=9780465008506}})
- Babinger, Franz (1987). [(https://books.google.com/books?id=ro--tXw_hxMC) "Turakhān Beg"]. in Houtsma, Martijn Theodoor. E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913–1936, Volume VIII. Leiden: BRILL. ISBN 90-04-09794-5. (https://books.google.com/books?id=ro--tXw_hxMC).