Tuproq nordonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuproq nordonligi, tuproq kislotaliligi — tuproqning asosiy xususiyatlaridan biri; bunga tuproq eritmasit vodorod ionlari, shuningdek, tuproq singdiruvchi kompleksida vodorod va alyuminiy almashinuvchi ionlarining mavjudligi sabab boʻladi. Tuproq nordonligi oʻsimliklar hayotida, tuproq mikroflorasi hayot faoliyatida, moddalarning bir holatdan boshqasiga aylanishida, moddalar migratsiyasi gʻamda toʻplanishida katta ahamiyatga ega. Vodorod (N) ionlarining holatiga koʻra Tuproq nordonligi 2 xil: aktual (faol) va potensial (passiv, "yashirin") boʻladi. Tuproqning aktual nordonligi eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari logarifmidan iborat boʻlgan rN kattaligi bilan ifodalanadi. rN 7 ga teng boʻlganda tuproq eritmasining reaksiyasi neytral, undan past boʻlganda nordon, undan yuqori boʻlganda ishqoriy deb ataladi. Tuproq eritmasining reaksiyasi turli tuproklarda har xil (rN 3,5—9 va bundan yuqori). Qora tuproqlar neytral aktualga yaqin, sur tuproklar esa, asosan, kuchsiz ishqoriy reaksiyaga, shoʻrxoklar, ayniqsa, sodalilari kuchli ishkrriy reaksiyaga ega. Oʻsimliklar tuproq reaksiyasiga turlicha talabchan. Kuchsiz nordon yoki kuchsiz ishkrriy reaksiyali tuproklar eng qulay hisoblanadi. Yuqori nordonlik koʻpgina ekinlar va mikroorganizmlarning oʻsishi va rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tuproqning optimal reaksiyasi bugʻdoyga 6— 7, bedaga 7—8, gʻoʻzaga 6—7,3, makkajoʻxoriga 6—7. Tuproqning potensial nordonligi tuproq qattiq fazasi bilan bogʻliq boʻlib, tuproqning tuzli eritmalar bilan oʻzaro taʼsirida tuz kationlari vodorod hamda alyuminiy ionlarini siqib chiqaradigan sharoitlarda yuzaga chiqadi. Siqib chiqarish tarziga qarab potensial nordonlikning almashinuvchi va gidrolitik shakllari bor.

Mineral oʻgʻitlar turini tanlashda Tuproq nordonligi darajasini hisobga olish lozim.

Oʻrta Osiyo tuprokdari karbonatlarga boyligi sababli, asosan, kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega. Shuning uchun fiziologik jihatdan nordon oʻgʻitlarni qoʻllash tuproq reaksiyasini nordonlashtirmaydi. Ortiqcha nordonlikka qarshi tuproqqa ohak, ishqoriylik kuchli boʻlsa gips solinadi.