Tupayyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tupayyalar (Tupaiidae) — primatlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Lemurlarga yaqin, biroqsoddaroq tuzilgan, baʼzi belgilari bilan uzunoyoqlilarga oʻxshaydi. Shuning uchun baʼzi olimlar T.ni haishrotxoʻrlarp kiritishadi. 5 urugʻni va 13 turni birlashtiruvchi 2 kenja oilasi: as l T. va pat dumli T. bor. Asl T. dumi baroq, patdumlilarniki taqir, uchida bir tutam tuklari boʻladi. T. tanasi 10— 25 sm, dumi 20 sm cha. Tashqi koʻrinishi olmaxonlarni eslatadi, faqat tumshugʻi choʻziqroq. Moʻynasi qalin, yumshoq, toʻq qoʻngʻir, sargʻishjigarrangda. Tishlari 38 ta, 1—4 bola tugʻadi. Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Filippin va Malayya arxipelagida tarqalgan. Oʻrmonlarda yashaydi. Asosan, hasharotlar va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.