Tuo Kayu Jao masjidi
| Masjid | |
| Mamlakat | |
| Hudud | Gʻarbiy Sumatra |
| Nagari | Jorong Kayu Jao, Batang Barus |
| Yoʻnalishi | sunniy |
| Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
| Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
| Asosiy sana: 16-asr | |
| Gumbazlar soni | 0 |
| Gumbazlar soni | 0 |
| Minoralar soni | 0 |
| Minoralar soni | 0 |
| Holati | amaldagi |
| Tarovih | |
| Saharlik va iftorlik | |
Tuo Kayu Jao masjidi (indonezcha: Kayu Jao eski masjidi) – Indoneziyadagi qadimiy masjid boʻlib, u Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra hududigi Gunung Talang tumani Jorong Kayu Jao, Batang Barus nagarisida joylashgan[1]. Masjid haqida ilk marotaba 1599-yilda qayd etilgan boʻlib, bu uni Solok regensiyasidagi eng qadimiy masjid, shuningdek, Indoneziyadagi saqlanib qolgan eng qadimiy masjidlardan biriga aylantiradi[2][1].
Masjid Gʻarbiy Sumatradagi meros obyektlari roʻyxatida qayd etilgan boʻlib, bu roʻyxatni Qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat qiladi[3]. Masjid bir necha bor restavratsiya qilingan, jumladan ustunlardan birini taʼmirlash va yemirilgani sababli eski palma tomini yangisiga almashtirish ishlari bajarilgan. Shunga qaramay, masjidning asl qiyofasi yaxshi saqlangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid aynan qaysi yilda toʻliq qurib bitkazilgani aniq maʼlum emas. Bir qator qaydlarga koʻra, masjid 1599-yilda qurilgan[4][5]. boshqa manbalarda esa undan ham oldingi sanalar keltiriladi[3]. Bu tafovutlardan qatʼi nazar, masjid qurilishi XVI asrda Solok mintaqasida islomning keng tarqalishi ortidan amalga oshirilgani maʼlum[2]. Masjid joylashgan nagari avvalroq minangkabau jamoasining uchta rahbariyati tomonidan tashkil etilgan[4][5]. Mahalliy jamoa oqsoqollari soʻzlariga koʻra, ushbu masjid qurilishida Angku Musaur va Angku Labai ismli ikki kishi muhim rol oʻynagan; ularning ikkalasi ham masjiddan uncha uzoq boʻlmagan joyda dafn etilgan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Tuo Kayu Jao Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
| Masjid haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |