Tunguska voqeasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tungus meteoritidan yoʻnaltirildi)

Tunguska meteoriti, tungus meteoriti — Yer bilan toʻqnashgan eng katta meteorit. 1908-yil 30 iyunda Tunguska daryosi (Sibir) yaqiniga tushgan. Shu payt koʻzni koʻr qiladigan darajada yorugʻ bolid jan.sharqdan shim.gʻarbga tomon bir necha sekund davomida harakatlangan. Bolid harakat yoʻlida kuchli changli iz qoldirgan. Bu iz 800 km radiusli katta xududdan bir necha soat davomida koʻrinib turgan. Yorugʻlikdan soʻng 1000 km masofada portlash eshitilgan. Atrof joylarda yer qimirlashiga oʻxshash kuchli tebranish boʻlgan. Tunguska meteoriti tushgandan soʻng bir necha kun Sibir va Yevropa tunlari nihoyatda yorugʻ boʻlib turgan. 20 yildan keyin yuborilgan ekspeditsiya 30 km radiusda oʻrmon poymol boʻlgan va qisman yonganligini qayd qilgan. Bu va bundan keyingi 10 ga yaqin ekspeditsiyalar Tunguska meteoritini poymol qilgan oʻrmonda osmondan tushgan jism (meteorit)larga xos jinslarni topa olmadi. Meteorit jinslarini qidirish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tunguska meteoriti ga ikki xil karash mavjud: Tunguska meteoritini Yer yuzidan bir necha kilometr balandlikda portlab ketgan kometa hosil qilgan; Tunguska meteoriti portlashidan oldin Yerning ichki katlamlaridan atmosferaga koʻtarilgan neft changi, gaz va metan gidrolitidan iborat aralashma zaryadlarining elektrik potensiali aralashmani portlatib yuborgan. Tungus hodisasini oʻrganish hozirgacha davom etmoqda.