Tukli beshbarmoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tukli Beshbarmoqdan yoʻnaltirildi)

Tukli beshbarmoq [Digitaria sanguinalis (L.) Scop.] — boshoqdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi sershox, boʻyi 10—70 sm. Barglari uzunchoqnashtarsimon. Toʻpguli chochoq roʻvaksimon. Mevasi mayda don. Ildizi popuk ildiz, 40 sm gacha chuqurlikka kirib boradi. Urugʻidan koʻpayadi. Apreldan iyungacha nihollari koʻkaraveradi, iyul — oktabr gacha gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 5000 tagacha urugʻ beradi. Urugʻlari osongina toʻkiladi, asosan, suv orqali tarqaladi. Urugʻi 20—35° haroratda unib chiqadi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida keng tarqalgan. Beda, gʻoʻza va boshqa chopiqtalab ekinlar orasida, shuningdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylari, yoʻl yoqalarida uchraydi.