Tuflar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuflar (ital. tufo) — turli xil yoʻl bilan hosil boʻladigan togʻ jinslari guruhi. Ohaktoshli, kremniyli va vulkanik T. mavjud. Ohaktoshli T. yengil, gʻovak jinslar boʻlib, ularda oʻsimlik va organik qrldiklarining izlari boʻladi. Geyzeritlar kremniy T.dandir. Vulkanik T. vulkan otilish jarayonida qattiq jinslardan hosil boʻladi, ularning tarkibi liparit, datsit, andezit va bazaltdan iborat. T. qimmatbaho qurilish materiali boʻlib, betonga qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.