Kontent qismiga oʻtish

Tubuai

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tubuai, Ostral orollari — Tinch okeanidagi orollar guruhi, 5 ta oroldan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 174 km². Orollarning koʻpchiligi vulqon orollari, eng baland joyi 435 m. Mariya — marjon oroli. Iqlimi tropik, passatli iqlim. Kokos palmasi, banan plantatsiyalari bor. Yevropadan sabzavot keltirib ekiladi. Orolni 1777-yilda ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ilk bor yevropaliklarga maʼlum qilgan.