Kontent qismiga oʻtish

Tuamotu

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tuamotu, Paumotu – Tinch okeandagi arxipelag, 78 marjon oroli va riflardan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 810 km². Eng yirik orollari: Rangiroa va Fakarava. Iqlimi tropik, passatli iklim. Yiliga 1500–2000mm yogʻin yogʻadi. Yirik orollarda pandanus, banan daraxtlari, maydaroq orollarda butalar oʻsadi. Kokos palmasi, non daraxti, banan plantatsiyalari bor. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, marvarid yigʻiladi. Bosh shahri – Rotoava. Biosfera qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Arxipelagga yevropaliklardan dastlab 1606-yilda portugaliyalik dengizchi sayyoh P. Kiros borgan. Tuamotu rollari-Fransiya Polineziyasi davlat orollari guruhiga joylashgan. Kelib chiqishi-vulqonli asosga ega.