Aylana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tsõõrjuundan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Aylana – muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar toʻplami. Aylananing uzunligi quyidagi formula orqali hisoblanadi: C = 2πr. Bu formulada π — oʻzgarmas son (konstanta), R esa aylana radiusi hisoblanadi.

Aylana tekislikda hamma nuqtalari belgilangan nuqtadan barobar uzoqlikda yotgan yopiq egri chiziq ham hisoblanadi. Belgilangan nuqta aylana markazi, markazdan aylana nuqtasigacha masofa aylana radiusi deyiladi. Markazlari umumiy, radiuslari har xil Aylanalar konsentrik aylanalar deb ataladi. Aylana ikki nuqtasini tutashtiruvchi kes-ma aylana vatari, markazdan o‘tuvchi vatar aylana diametri deb ataladi. Uchi aylana markazida, tomonlari radiusdan iborat burchak mar-kaziymarkaziy deyiladi. Aylana bo‘laklari aylana yoyi deb ataladi. Aylana tushunchasi faqat tekislikda emas, ixtiyoriy silliq sirtlar o‘rtasida ham qaralishi, bunda uning shakli murakkab bo‘lishi mumkin. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

hammadan