Tropik havo massalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tropik havo massalari -yil davomida tropik va subtropik kengliklarda uyushib, quyi kengliklardan yuqori kengliklarga harakatlanadigan havo massalari. Harorati yozda yuqori, materiklar ustidagi havosi quruq, yuqori bosimli 30° shu kabi va 30° j. k. atrofida kuzatiladi. Yozda Oʻrta Osiyoda, Qozogʻistonning janubida uyushadigan havo Tropik havo massalari m. hisoblanadi. Tropik havo massalari m. egallagan joylarda atmosfera bosimi yuqori havoning pastlama harakati ustun boʻladi, yil boʻyi havo juda issiq va yogʻin kam yogʻadi.

Dengiz va quruqlikdagi Tropik havo massalari m. farqlanadi. Dengizdagi Tropik havo massalari m. nisbatan yuqori temperaturasi va nisbiy namligi, beqaror stratifikatsiyasi va maydalab yogʻin yogʻishi bilan izohlansa, quruqlikdagi Tropik havo massalari m. yozda oʻzining yuqori temperaturasi, nisbiy namligining pastligi va barqaror stratifikatsiyasi, nihoyat changning koʻpligi bilan ajralib turadi.