Trixinalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Trixinalar, trixinellalar (Trichinella) — trixinellalar oilasiga mansub nematodalar urugʻi. Erkagining uz. 0,6—1,6 mm, urgochisi 1,3— 4,4 mm. 2—3 turi bor. Spiral T. kup uchraydi. Voyaga yetgan davrida yirtqich va hammaxoʻr hayvonlar, jumladan, odam ingichka ichagi boʻshligʻida yashaydi. Otalangan urgʻochi T. ichak devoriga kirib olib, mikroskopik lichinkalar tugʻadi. Lichinkalar qon orqali barcha organlarga tarqaladi. Kapillyarlardan muskullarga oʻtib, bir oz oʻsgach, spirallanadi va ohak kapsulaga oʻraladi. Kapsulada bir necha vaqt tirik saqlanadi. Hayvonlar zararlangan goʻshtni yeb, T.ni yuqtiradi; ana shundan soʻng T. ingichka ichakka tushib voyaga yetadi. Odam yaxshi pishirilmagan choʻchqa yoki boshqa hayvon goʻshtini yeb zararlanadi. T. trixinellyoz kasalligini keltirib chikaradi. Soxta trixinella qushlarda parazitlik qiladi.