Triarilmetan zoʻyagichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Triarilmetan zoʻyagichlar, trifenilmetan boʻyagichlar — asosli va kislotali boʻyagichlar, triarilmetan hosilalari. Triarilmetan zoʻyagichlar qizil, binafsha, koʻk va yashil rangda boʻladi. Triarilmetan zoʻyagichlar qaytaruvchilar taʼsirida rangsiz leykobirikmalarga, ishqorlar taʼsirida rangsiz karbinol birikmalarga aylanadi. Asosli Triarilmetan zoʻyagichlar qogʻoz, teri, plastmassalarni boʻyashda, siyoh, poligrafiya va shtempel boʻyoklar tayyorlashda ishlatiladi. Kislotali Triarilmetan zoʻyagichlar teri, jun, ipakni boʻyashda qoʻllanadi. Triarilmetan zoʻyagichlar aldegidlar, ketonlar, angidridlarni aromatik aminlar yoki fenollar (naftillar) bilan kondensatlash yoʻli bilan olinadi.