Trent Sainsbury

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trent Lucas Sainsbury (talaffuzi: Trent Lukas Sainsberi; 1992-yil 5-yanvar, Avstraliyaning Pert shahrida tugʻilgan) — avstraliyalik futbolchi, „Kortrijk“ futbol klubi va Avstraliya terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Trent Sainsbury
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Trent Lucas Sainsbury
Tavallud sanasi 5-yanvar 1992-yil (1992-01-05) (32 yosh)
Tavallud joyi Thornlie, Avstraliya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Wakrah
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Armadale SC
2008—2009 Perth Glory
2009—2010 AIS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2014 Central Coast Mariners 60 (1)
2014—2016 PEC Zwolle 28 (1)
2016—2018 Jiangsu Suning 34 (2)
2017 → Inter Milan (ijara) 1 (0)
2018 → Grasshoppers (ijara) 9 (0)
2018—2019 PSV Eindhoven 6 (0)
2019—2020 Maccabi Haifa 31 (2)
2020—2022 Kortrijk 45 (6)
2022— Al-Wakrah 7 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Avstraliya U17 12 (1)
2009—2011 Avstraliya U20 9 (0)
2014— Avstraliya 58 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2-fevral 2022-yil uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trent Sainsbury Avstraliya terma jamoasi safida

Trent Sainsbury dastlab oʻz faoliyatini Avstraliyaning Atletika Instituti futbol jamoasi va „Perth Glory“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan. 2010-yilda u „Central Coast Mariners“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2010-yil 24-noyabrda Trent Sainsbury A-Ligadagi debyutini „Newcastle United“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[1]. 2013-yil 31-dekabrda u klubdagi ilk golini „Perth Glory“ futbol klubi darvozasiga kiritgan[2]. Oʻsha yili Trent Sainsbury turnirda chempionlikni qoʻlga kiritgan, shuningdek, bir necha bor oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan. Bunday muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Trent Sainsburyga Angliyaning „Southampton“ va „Middlesbrough“ futbol klublari, shuningdek, Shveysariyaning „Bazel“ futbol klubi qiziqish bildirgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Avstraliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Trent Sainsbury Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[3][4]. Turnirda u Ekvador, Ispaniya va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[5].

2014-yilning 4-sentabrida Trent Sainsbury Avstraliya terma jamoasi safida Belgiyaga oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[6].

2015-yil boshida Trent Sainsbury terma jamoaning oʻz uyida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun tarkibiga kiritilgan[7][8]. Turnirda u Quvayt, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va ikki marta Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[9][10][11]. Musobaqa yakunlariga koʻra, Trent oltin medalni qoʻlga kiritgan va BAAga qarshi kechgan bahsda terma jamoa safidagi ilk golini kiritgan[12].

2017-yilda Trent Sainsbury Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[13]. Turnirda u Germaniya, Kamerun va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15].

2018-yilda Trent Sainsbury 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[16][17]. Turnirda u Fransiya, Daniya va Peru jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[18].

2019-yilda Trent Sainsbury BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi uchun tarkibga kiritilgangan[19][20]. Turnirda u Iordaniya, Falastin, Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[21][22].

Avstraliya safidagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2015-yil 27-yanvar Nyukasl stadioni, Nyukasl, Avstraliya BAA 1 :0 2 :0 Osiyo Kubogi-2015
2. 2016-yil 7-iyun Docklands, Melburn, Avstraliya Gretsiya 1 :0 2 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2016-yil 6-oktabr PAF stadioni, Jidda, Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni 1: 1 2: 2 JCh-2018 saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ньюкасл Юнайтед Джетс VS. Сентрал Кост Маринерс 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (24-noyabr 2010-yil). 17-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2014-yil.
  2. „Сентрал Кост Маринерс VS. Перт Глори 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (31-dekabr 2013-yil). 17-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2014-yil.
  3. „Австралия (до 21) VS. Эквадора (до 21) 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (1-avgust 2011-yil). 23-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2014-yil.
  4. „Австралия (до 21) VS. Испании (до 21) 1:5“ (inglizcha). soccerway.com (7-avgust 2011-yil). 1-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2014-yil.
  5. „Австралия (до 21) VS. Коста-Рика (до 21) 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (4-avgust 2011-yil). 19-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2014-yil.
  6. „Бельгия VS. Австралия 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (4-sentabr 2014-yil). 28-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2014-yil.
  7. „Австралия VS. Кувейт 4:1“ (inglizcha). soccerway.com (9-yanvar 2015-yil). 1-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  8. „Оман VS. Австралия 0:4“ (inglizcha). soccerway.com (13-yanvar 2015-yil). 25-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  9. „Южная Корея VS. Австралия 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (31-yanvar 2015-yil). 27-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  10. „Китай VS. Австралия 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (22-yanvar 2015-yil). 27-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  11. „Австралия VS. ОАЭ 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (27-yanvar 2015-yil). 27-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  12. „Австралия VS. Южная Корея 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (17-yanvar 2015-yil). 31-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  13. „Австралия VS. Германия 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (19-iyun 2017-yil). 21-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2017-yil.
  14. „Камерун VS. Австралия 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (22-iyun 2017-yil). 25-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2017-yil.
  15. „Чили VS. Австралия 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (25-iyun 2017-yil). 28-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2017-yil.
  16. „Австралия VS. Перу 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (26-iyun 2018-yil). 6-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
  17. „Дания VS. Австралия 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-iyun 2018-yil). 6-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
  18. „Франция VS. Австралия 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (16-iyun 2018-yil). 6-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
  19. „ОАЭ VS. Австралия 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (25-yanvar 2019-yil). 9-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2020-yil.
  20. „Палестина VS. Австралия 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (11-yanvar 2019-yil). 21-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2020-yil.
  21. „Австралия VS. Иордан 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (6-yanvar 2019-yil). 15-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2020-yil.
  22. „Австралия VS. Узбекистан 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (21-yanvar 2019-yil). 11-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2020-yil.