Trennt Michaud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Trennt Michaud
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Trennt Michaud
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Boʻyi 176
Sherigi Evelyn Walsh
Murabbiyi Alison Perkiss
Paul McIntosh
Andrew Evans
Xoreografi Alison Perkiss
Carol Lane
Yuri Razgulyaev
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 179.70
Qisqa dastur 65.42
Erkin dastur 116,83

Trennt Michaud (Talaffuzi: Trennt Misho; 1996-yil 22-avgust, Belvill, Ontario) — Kanadalik figurali uchuvchi boʻlib, Evelyn Walsh bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashadi. Ular Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sohiblari (2022), Kanada chempionatining uch karra kumush medali sovrindorlari (2019, 2020, 2022) boʻlgan.

2022-yil 21-iyun holatiga koʻra, Walsh/Michaud juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida[1] oʻn toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trennt 2004-yilda konkida uchishni oʻrgana boshladi[2]. U 2013-yilgi Kanada chempionatida yangi konkida uchuvchilar toifasida qatnashib, yakka holda sakkizinchi va Judit Murta-Anderson bilan juftlikda ikkinchi oʻrinni egallagan.

Trenntning Hope Maklin bilan sherikligi 2014-yilda boshlangan. 2016-yilda ular Kanada oʻsmirlar chempioni boʻlishdi va 2016-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi. Turnirda ular qisqa dasturdagi namoyishdan soʻng oʻn uchinchi oʻrinni egalladi, lekin juftlik erkin dasturda bosqichidan chiqib ketdi. Ularga Alison Purkiss va Skott Rachuk Londonda murabbiylik qilishgan[3].

2016-yilda Trennt Evelyn Walsh bilan sport juftligini hosil qildi. Xalqaro musobaqada debyutini amalga oshirgan juftlik sentyabr oyi oxirida Tallinda boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand Pri seriyasiga kiruvchi musobaqada oʻn birinchi, keyingi oy esa Drezdenda oʻtkazilgan turnirda beshinchi oʻrinni egalladi. 2017-yil yanvar oyida ular Kanada oʻsmirlar chempioni boʻlishdi va mart oyida Taypeyda boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yuborildi. Turnirda ular qisqa dasturda oltinchi, erkin dasturda beshinchi oʻrinni egalladi. Bu natijalari ularga dunyoning eng yaxshi 5 ta konkida uchuvchi juftliklar roʻyxatiga kirishga imkon berdi.

2017-yilgi mavsumda Walsh va Michuad juftligi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasining ikki bosqichiga yoʻllanma olishdi. Rigada oʻtkazilgan birinchi bosqichda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritdi[4]. Zagrebda boʻlib oʻtgan bosqichda esa toʻrtinchi oʻrinni egalladilar. 2018-yil yanvar oyida bu juftlik birinchi marta kattalar oʻrtasidagi Kanada chempionatida ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga koʻra, Evelyn va Trennt beshinchi oʻrinni egalladilar. 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bu juftlik qisqa dasturda beshinchi, erkin dasturda esa oltinchi oʻrinni egalladi.

Bu juftlik 2021-yilning „Challenger“ seriyasiga kiruvchi Autumn Classic International turnirida debyutini oʻtkazishi rejalashtirilgan edi, biroq Evelyn koʻkrak qafasi infeksiyasini yuqtirib olgan va u davolanishi uchun ikki oy antibiotiklar qabul qilish talab qilingan[5].

Juftlik oʻzlarining birinchi Skate America Gran-pri turnirida oxirgi oʻrinni egalladi. Bir necha hafta oʻtgach NHK Trophy musobaqasida qatnahsib, oltinchi oʻrinni egalladi[6].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Evelyn Walsh bilan)

Musobaqa 16/17 17/18 18/19 19/20 20/21 21/22
Xalqaro[7]
Jahon chempionatlari 12 12
Toʻrt qitʼa chempionati 7 6
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 6
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 6
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 8
Gran-pri bosqichlari: Skate America 8 8
Zagrebning Oltin Konkisi 9
Finlandia Cup 6
Nebelhorn Cup 7
Xalqaro yoshlar[7]
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 5 6
Gran-pri Latviya 3
Gran-pri Xorvatiya 4
Gran-pri Germaniya 5
Gran-pri Estoniya 11
Bavarian Open 1
Milliy[7]
Kanada chempionati 1J 5 2 2 2
Skate Canada Challenge 1J 2 1 1
J-oʻsmirlar darajasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (4 января 2017). 2014-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
  2. „Evelyn WALSH / Trennt MICHAUD: 2016 / 2017“. International Skating Union. 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Hope MCLEAN/Trennt MICHAUD: 2015/2016“. International Skating Union. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Гран-при среди юниоров. 3-й этап. Пары. Панфилова и Рылов одержали победу, Бойкова и Козловский – 2-е“ (inglizcha). 5-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
  5. Pyette, Ryan. „Skaters Evelyn Walsh, Trennt Michaud face fight for Olympic pairs berth“. The London Free Press (3-oktabr 2021-yil). 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  6. Slater, Paula. „Mishina and Galliamov storm to gold at NHK Trophy“. Golden Skate (13-noyabr 2021-yil). 20-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Competition Results: Evelyn WALSH / Trennt MICHAUD“. International Skating Union. 23-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2019-yil.