Tratta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tratta (ital. tratta — oʻtkazma veksel) — tashqi savdodagi asosiy hisobkitob hujjati. Muayyan miqdordagi pulni qarzga olganligi va uni qancha muddatda qaytarishi haqida shu davlatda amal qiluvchi qonun talablariga qat'iy rioya qilgan holda anniq shaklda yozib berilgan va rasmiylashtirilgan hujjat. O'tkazma veksellar - qarz beruvchining qarzni kimga qaytarish haqidagi buyrug'idir. Kreditorning qarzdorga (odatda, bankka) yozma buyrugʻi. Unda bankning uchinchi shaxs (remitent — takdimchi) ga yoki T.ni taqdim qilganga muayyan summadagi pulni toʻlashi koʻrsatiladi.