Trastkompaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Trastkompaniya - korporatsiyalar va ayrim shaxslarning molmulki hamda qimmatli qogʻozlarini vakolatnoma boʻyicha boshqarish uchun tashkil etiladigan muassasa, molmulkni ishonchli boshkarish jarayoni. Trastkompaniya aktivlari (kompaniyaning oʻz aksiyadorlik kapitali) kompaniya fondlariga, kafolatlangan (boshkaruvga vakolatnoma boʻyicha qabul qilingan) fondlarga, meros va agentlik fondlarga, trastfondlarga boʻlinadi.

Oʻzbekistonda qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq boshqaruv operatsiyalari orasida mijozning talabi boʻyicha aktivlarni boshqarish, yaʼni uning hisobidan kimmatli qogʻozlarni xarid qilish yoki sotish; kimmatli qogʻozlar chiqarishda va ularni joylashtirishda vositachilik qilish; aksiyadorlar reyestrini yuritish va mijozning qimmatli qogʻozlari bilan tuzilgan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish; aksiyadorlarga yillik daromadni toʻlash, aksiyalar va boshqa kimmatli qogʻozlar boʻyicha qayta moliyalash, dividendlarni toʻlash; depozitar xizmat koʻrsatish va h.k. keng tarqalgan.

Trastkompaniya xizmati tegishli davlat idoralari tomonidan litsenziyalanadi. Oʻzbekistonda dastlabki Trastkompaniya 1996 yilda paydo boʻldi. Ishonch bildirilgan mulkdor xar chorakda bir marta trast muassasasiga hisobot va balans takdim etishi kerak. Trast shartnomasi fakat sud qarori bilan toʻxtatiladi.