Trasologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trasologiya (frans. trace — iz va ...logiya) — kriminalistika boʻlimi, izlarni oʻrganish va ularni aniklash, qayd qilish, olish va tekshirish usullari, yoʻllari, ilmiy-texnikaviy vositalarini ishlab chiqish bilan shugullanadi. Inson, jinoyat qurollari, asbobuskunalari, i. ch. mexanizmlari, transport vositalari kabilarning izlari farklanadi. Obʼyektni trasologak identifikatsiyalash uning umumiy va xususiy belgilarini izda hosil boʻlgan belgilari bilan qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Agar bevosita qiyoslashning imkoni boʻlmasa, eksperimental izlar yasaladi. T.da modellashtirish, yaʼni obʼyektni va izni ularning modellari (tabiiy, optik va h.k.) boʻyicha taqqoslashdan foydalaniladi. Trasologik ekspertiza odamni — qoʻl, oyoq, tish izlari boʻyicha, poyabzalni — uning izlari boʻyicha; jinoyat vositalari va qur°llaRni — buzish, kesish, chopish va boshqa izlari boʻyicha; i. ch. mexanizmlarini — ommaviy ravishda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlardagi izlar boʻyicha; transport vositasini yurish qismi, chiqib turgan detallaridan qolgan izlar boʻyicha identifikatsiyalashga imkon beradi. Trasologik identifikatsiya tadqiqotining turlaridan biri butunni uning qismlari boʻyicha aniqlahdir. Masalan, yoʻltransport hodisasi sodir boʻlgan joyda topilgan fara qismi tekshirilayotgan transport vositasi farasidan topilgan parchalar bilan kiyoslanadi. Identifikatsiya tadqiqotlaridan farkli ravishda trasologik diagnostika tadqiqotlari izlar xrsil boʻlishi mexanizmi (sharoitlari)ni aniklash uchun oʻtkaziladi. Bu tadqiqotlar tekshirilayotgan obʼyektning holatini (mas., voqea joyidan topilgan qulfning ishlashishlamasligini); harakat va kuzatilayotgan natija toʻgʻrisidagi sababiy bogʻliqlikni (mas., transport vositasida izlar paydo boʻlishi sabablari; toʻqnashuv, agʻdarilish, yoʻlovchini urib ketish va h.k. ni); jinoyatini kanday qilib sodir etish mumkin boʻlgan (mas., omborxona qanday qilib buzilgan, izlarga qaraganda jinoyatchi kanday ketmaketlikda harakat qilgan)ligini anikdashga imkon beradi.

Gʻafur Abdumajidov.