Kontent qismiga oʻtish

Transformers (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Transformerlar (film)dan yoʻnaltirildi)
Transformers

Film posteri
Rejissyor(lar) Michael Bay
Prodyuser(lar)
Ssenariy
muallif(lar)i
  • John Rogers
  • Roberto Orci
  • Alex Kurtzman
Qaysi asarga
asoslangan
Transformerlar
Hasbro
Rollarda
Bastakor(lar) Steve Jablonsky
Operator(lar) Mitchell Amundsen
Montajyor(lar)
  • Paul Rubell
  • Glen Scantlebury
  • Thomas A. Muldoon
Studiya
Distribyutor Paramount Pictures[1]
Premyera
sanasi
Davomiylik 143 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $150—200 million[3][4]
Daromad $709,7 million[5]
Keyingi film „Transformers: Revenge of the Fallen“

Transformers“ (oʻzbek tiliga „Transformerlar“ deb dublyaj qilingan) — amerika ilmiy-fantastik filmi. „Transformers“ kinofranshizasi doirasidagi birinchi kartina. 2007-yilda ekranlarga chiqqan. Hasbro kompaniyasining ayni nomdagi oʻyinchoqlar seriyasi asosida yaratilgan. Filmga Michael Bay rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Roberto Orci va Alex Kurtzman yozgan. Bosh rollarni Shia LaBeouf, Tyrese Gibson, Josh Duhamel, Anthony Anderson, Megan Fox, Rachael Taylor, John Turturro, Jon Voight va boshqalar ijro etgan.

Syujet markazida shaklini oʻzgartira oladigan oʻzga planetalik robotlar ikki firqasi — tinchliksevar avtobotlar va mustabid deseptikonlar oʻrtasidagi ixtiloflar turadi. Har ikki tomon „Buyuk uchqun“ deb ataluvchi qudratli artefaktni qoʻlga kiritishga bel bogʻlaydi, zero mazkur quvvat manbai koʻp yillik urush taqdirini hal qiladi.

Film 2007-yil 10-iyunda Janubiy Koreyaning Seul shahrida premyera qilingan. AQSHda 2007-yil 3-iyulda prokatga chiqarilgan. Butun jahon boʻylab kinoprokatda 709,7 million dollar ishlab topgan va shu yilning eng kassabop filmlari qatoridan joy egallagan. Uchta yoʻnalishda „Oscar“ sovriniga nomzod etib koʻrsatilgan (2008).

Ovoz berganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Transformers: The Album
NomiMuallif(lar)Davomiyligi
1.„What I've Done“Linkin Park 
2.„Doomsday Clock“Smashing Pumpkins 
3.„This Moment“Disturbed 
4.„Before It's Too Late“Goo Goo Dolls 
5.„Pretty Handsome Awkward“The Used 
6.„Passion's Killing Floor“HIM 
7.„What's It Feel Like to Be a Ghost?“Taking Back Sunday 
8.„Second to None“Styles of Beyond 
9.„End of the World“Armor for Sleep 
10.„Retina and the Sky“Idiot Pilot 
11.„Technical Difficulties“Julien-K 
12.„Transformers Theme“MuteMath 
  1. „Transformers (2007) - Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 20-aprel 2021-yil.
  2. Transformers. British Board of Film Classification. Qaraldi: 11-may 2022-yil.
  3. Bob Tourtellotte.. „"Transformers" film yields big bang on fewer bucks“. Reuters (1-iyul 2007-yil). Qaraldi: 19-avgust 2010-yil. „But the producers of "Transformers", Lorenzo di Bonaventura and Ian Bryce, say they have spent only $150 million on "Transformers", and they reckon they got a bargain.“.
  4. ALEX CHADWICK; KIM MASTERS „'Spider-Man 3': Why So Expensive?“. NPR (30-aprel 2007-yil). Qaraldi: 29-aprel 2020-yil.
  5. Transformers. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 16-fevral 2021-yil.
  6. „'They offered me Tyresse's role' Ashley Walters on having to turn down Transformers & securing Top Boy — a result! @Ashleywalters82 | WATCH NOW – Your Cinema“.
  7. Evans, Bradford „The Lost Roles of Howard Stern“. Vulture (9-fevral 2012-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  8. „Stern Turns Down Transformers“ (5-iyun 2007-yil).