Toybugʻo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toybugʻo, Taybugʻa — Sibir xonlari sulolasining afsonaviy asoschisi; chingiziylarga mansub boʻlmagan mahalliy zodagonlardan. 1495 y. shayboniylardan Iboqxon oʻldirilgach, "Toybugʻo xonadoni"dan chiqqan Mamat (Mahmet) turkiy uluslarning siyosiy ittifoqiga rahbarlik qilgan (qarang Sibir xonligi). 16-asrning 1yarmidaT. sulolasidan boʻlgan xonlar Qozon xonlari bilan qudachilik aloqalari oʻrnatganlar. Yodgorxon va Bekbulatxon oʻzlarini Moskva vassallari deb tan olganlar (1555). 1563 y. Sibir taxtini shayboniy Kuchumxon egallashi bilan T. sulolasi barham topgan. TOILOQ — Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin t.y. stansiyasi — Samarqand (10 km). Aholisi 8,3 ming kishi (2004). Tumanning asosiy korxonalari T.da joylashgan. T.dagi 22 ishlab chiqarish. korxonasidan 3 tasi yirik korxona (meva, konserva va vino zdlari). Bundan tashqari 2 ta qoʻshmakorxona (shu jumladan, "Tonigrin" Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma korxonasi) ham bor.

T.da tuman hokimiyati binosi, 3 umumiy taʼlim maktabi, markaziy kasalxona, markaziy poliklinika, markaziy dorixona va 6 ta shaxsiy dorixona faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, "Savdogarbank", "Xalq banki", "Paxtabank" boʻlimlari mavjud. Markaziy kutubxona va uning tarmogʻi, Mustaqillik maydoni, madaniyat va istirohat bogʻi, bolalar sport majmuasi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, "Olimpiya zaxiralari" kolleji bor. T.da Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadkiqot instituti joylashgan.