Totila Baduila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

TOTILA (Totila) Baduila (? 552, Tagina yaqinida, hozirgi GualdoTadino) — ostgotlar qiroli (541 yildan). Italiyada vizantiyalik istilochilarga qarshi koʻtarilgan xalq ozodlik harakati rahbari. Vizantiyaga qarshi kurashda Vizantiya hukumati siyosatidan norozi boʻlgan qullar, kolonlar, rimlikitaliyalik dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan foydalangan. T. davrida ostgotlar Vizantiya armiyasi ustidan bir necha gʻalabalarga erishgan va 542—551 yillarda deyarli butun Italiyani ozod qilgan. Biroq T. imperator Yustinian tomonidan yuborilgan Narses boshchiligidagi armiyaga qarshi tura olmagan. Tagina yaqinidagi jangda yarador boʻlib, vafot etgan.