Toshxoʻja Akromov
Qiyofa
Toshxoʻja Akromov (1936.23.5, Toshkent) — kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1957). Hamza teatrida aktyor (1955-62), „Oʻzbekfilm“da rejissyor yordamchisi, rejissyor (1962-68), „Oʻzbektelefilm“da rejissyor (1968-79), 1979-yildan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor Akromov 10 dan ortiq badiiy filmlarda rejissyor yordamchisi. Eng yaxshi filmlari: „Komiljon Otaniyozov kuylaydi“, „Shashmaqom“, „Oʻzbekiston sanʼati“, „Sharqning yetti goʻzali“, „Oyqulash“, „Ohanglarda qalb harorati“, „Oybek“, „Nabi Gʻaniyev“, „Afsonaga aylangan ism“, „Sato“ va boshqalar[1].
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |