Bekjon Toshmuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bekjon Toshmuhamedov
Tavalludi 27-yanvar 1935
Vafoti 25-iyun 2020
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Otasi Oybek
Onasi Saidnosirova Zarifa

Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov (1935.27.1, Toshkent — 25.06.2020) — biolog,biofizik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1987). Biol. fanlari doktori (1971), professor (1973). Atoqli yozuvchi Oybekning oʻgʻli. Moskva universitetning biol.tuproqshunoslik ftini tugatgan (1958), shu untda aspirant (1958— 61), ToshDUning biol:tuproqshunoslik ftida kichik ilmiy xodim (1962), biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti (1963—65), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi (1965—67) va Biokimyo instituti (1967—85) biofizika laboratoriya mudiri. 1979—86 yilda ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya institutida direktor (1985— 92), boʻlim boshligʻi (1998-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi (1992—95). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1995-97). Asosiy ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil boʻlishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, gormonlar, pestitsidlar, feromonlar, defoliantlar va boshqa biologik faol moddalarning membranaga taʼsir qilish mexanizmini oʻrganishga oid. YUNESKO qoshidagi "Inson va biosfera" milliy komiteti raisi (1998-yildan). "Oʻzbekiston biologiya jurnali" bosh muharriri (1996-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. B.A. Tashmuxamedov (biobibliografiya)., T., 1995.
  2. Aktivniy transport ionov cherez biologicheskiye membrani, T., 1973; Sintez, membranoaktivnie svoystva i biologicheskiye effektoʻ kraunefirov, T., 1987; Neyrotoksini v issledovaniyax biologicheskix membran, M., 1991.