Toshkoʻmir kumir koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkoʻmir kumir koni - Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida, Fargʻona vodiysining shim.da, Norin daryosi boʻyida joylashgan. Kon 19-asr oxirlaridan maʼlum boʻlib, geologik tuzilishi usha paytda va 20-asr boshlarida urganilgan. Toshkoʻmir kumir konik. 1916-yilda ishga tushirilgan. Konda kumir kazib olish 1985—95 yillar mobaynida ancha kamaygan. Toshkoʻmir kumir konik. yura davri jinslari qatlamlaridan tashkil topgan. Koʻmirli qatlamning qalinligi 450–550 m. Unda 4 svita mavjud (quyidan yuqoriga): kumir osti yoki bazal svitasi (kalinligi 40 m gacha), kumirli qatlam (yuqori leyas, 100 m gacha), kumir ustidagi qatlam (dogger, 30—150–200 m), rang barang qatlam (malm, 120–150 m). Kumirli svitada 5 kumirli majmua bulib, ular orasida argillit, alevrolit va qumtosh qatlamlari mavjud. Koʻmir qatlamining qalinligi 0,6—4,5 m. Toshkoʻmir kumir koni k. koʻmiri chiqindili toshkoʻmir hisoblanadi. Koʻmirning koʻp qismidan rangli metallurgiya ktida, Oʻsh va Fargʻona sh.laridagi issiqlik elektr styalarida, kommunal xoʻjaliklarda keng foydalaniladi.