Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti
(YTIT)
YTIT logo.png
Xalqaro nomi Yeoju Technical Institute in Tashkent
Asos solingan 2018
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Janpolat Kudaybergenov
Bakalavriat 18 ta yo'nalish
Manzili 100121, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156 uy
Vebsayti YTIT veb-sahifasi

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti (inglizcha: Yeoju Technical Institute in Tashkent) Toshkent shahrida joylashgan oʻquv dargohi hisoblanadi.

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifiga bagʻishlab oʻtkazilgan Koreya-Oʻzbek “Biznes-Forum”i doirasida [1][2], Koreyalik va Oʻzbekistonlik hamkorlar oʻrtasida Toshkent shahrida Yodju texnika institutini tashkil qilish haqida Memorandum imzolangan. Imzolangan Memorandumga asosan 2018-yil 24-iyul sanasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʻlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan taqdim etilgan davlat litsenziyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʻlim xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasa maqomiga ega boʻldi. «Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori 2019-yilning 17-dekabrida qabul qilindi.[3]

Taʼlimning asosiy maqsadlari[tahrir]

Toshkent shahrida Yodju texnika institutining tashkil etilishi Respublikamizda yangi ish oʻrinlar yaratilishi bilan bir qatorda, ta’lim sektorida sogʻlom raqobat muhitining paydo boʻlishi, yoshlarning oʻzlari hohlagan va innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha ta’lim olishi, ta’lim va sanoatning chambarchas bogʻlanishi, ta’lim va kadrlar sifatini oshishi, davlat byudjetiga tushumlarni ko‘payishi va byudjetdan qoplanadigan sarf xarajatlarni kamayishi va ta’limga oid boshqa masalalarning ijobiy yechimiga olib keladi.

Taʼlim jarayonlari[tahrir]

Institutda darslar o'zbek tili, rus tili va ingliz tilida olib boriladi. Institutda zamonaviy jihozlar mavjud va doimiy ravishda yangilanib turadigan axborot-resurs bazasi mavjud. Umuman olganda, institutda talabalarning sifatli bilim olishi va boʻsh vaqtini unumli oʻtkazishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Ta’lim jarayoniga Buyuk Britaniya, AQSh, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlardan kelgan xalqaro professor-o‘qituvchilar jalb qilingan va mahalliy professor-oʻqituvchilar guruhi asosan Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQShning yetakchi universitetlari bitiruvchilaridan tashkil topgan.

Talabalar almashinuv dasturlarida hamda qoʻshma yoki ikki tomonlama diplom olish dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega. Shu tarzda talabalar 2 + 2 modeli boʻyicha almashinuv dasturlarida ishtirok etishlari va Hanyang universiteti, Chungbuk milliy universiteti, Xankyong universiteti, Chosun universiteti, Busan chet el tadqiqotlari universiteti, Jeonju universiteti, Chungcheong universiteti (Koreya Respublikasi), Birlashgan biznes institutlari (Belgiya) va Yodju texnologiya instituti [4]. Shunday qilib, Toshkent shahrida Yodju texnika instituti xalqaro va do‘stona muhitda sifatli ta’lim olish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Markazlar[tahrir]

Innovatsiya markazi[tahrir]

Qirol Sejong va Mirzo Ulug'bek tadqiqot markazi[tahrir]

Fakultetlar[tahrir]

Biznes va Moliya maktabi (fakulteti)[tahrir]

Fakultet quyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Biznesni boshqarish
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • Xalqaro marketing
  • Turizm
  • Bank ishi
  • Buxgalteriya
  • Moliya

Dizayn maktabi (fakulteti)[tahrir]

Fakultet quyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Chiroy estitikasi
  • Liboslar dizayni

Muhandislik maktabi (fakulteti)[tahrir]

Fakultet quyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Arxitektura va shaharsozlik
  • Muqobil energiya
  • Qurilish
  • Lift muxandisligi
  • Axborot tizimlar muxandisligi

Taʻlim maktabi (fakulteti)[tahrir]

Fakultet quyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Koreys tili filologiyasi
  • Boshlang'ich ta'lim
  • Maktabgacha ta'lim
  • Ingliz tili ta'limi

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]