Toshkent shahridagi Webster universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent shahridagi Webster Universiteti

Toshkent shahridagi Webster universiteti logotipi
Asos solingan 2019
Oʻquv yurti turi xususiy universitet
Rektori Vassilis Polimenis
Talabalari 4000 ga yaqin
Bakalavriat 6 yo’nalish
Magistratura 3 yo’nalish
Manzili

13 Navoi Avenue

Tashkent 100011, Uzbekistan
Vebsayti https://www.webster.uz/

Toshkent shahridagi Webster universiteti — AQShning Missuri shtatining Webster Groves shahridagi asosiy kampusiga ega, akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy universitet. Universitet Markaziy Osiyoda o‘z filialini ochgan birinchi Amerika universiteti hisoblanadi. Toshkent shahrida Webster universiteti filialini tashkil qilishdan asosiy maqsadi faol va yetakchi talabalarni tayyorlashga qaratilgan yuqori sifatli taʼlim tajribasini taʼminlashdan iborat.

Kampuslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetning xalqaro kampuslari Yevropaning bir qancha mamlakatlarida, shu jumladan, Shveysariya, Avstriya, Gruziya va Gollandiyada joylashgan; Tailand, Gana va Xitoy kabi Osiyo va Afrika davlatlarida ham filiallar mavjud. Universitetning Markaziy Osiyodagi yagona filiali Toshkent shahrida ochilgan boʻlib, 2018—2019-oʻquv yilida oʻz faoliyatini boshladi[1]. 2019-yil avgust oyida Toshkent shahridagi Webster universiteti Alisher Navoiy shoh ko‘chasi manzilidagi rekonstruksiya qilingan binoga ko‘chdi.

Toshkentdagi Webster universitetining tashqi koʻrinishi. 2021

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahridagi Webster universiteti Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4245-sonli qaroriga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi hamda Webster universiteti - ta'sischilari hamkorligida "Toshkent shahrida Webster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi" tashkil etildi[2].

Mavjud taʼlim dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahridagi Webster universiteti quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat taʼlim dasturlarini taqdim etadi[3]:

  1. Bachelor of Science in Business Administration — bunda bitiruvchilar oʻz bizneslarini boshqarishlari, kompaniyalarda boshqaruv lavozimlarini egallashlari va loyihalarni boshqarishlari mumkin. Talabalar biznesda keng tarqalgan turli muammolarni hal qilish uchun tahliliy vositalar va jarayonlardan foydalanadilar;
  2. Bachelor of Arts in Economics — bunda bitiruvchilar bank, moliya, sugʻurta, davlat sektorlarida ish topishlari mumkin. Talabalar resurslarni ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol qilishni belgilovchi omillarni oʻrganadilar. Ular siyosat oʻzgarishlarining iqtisodiyotga qanday taʼsir qilishini tushunadilar, global iqtisodiyot boʻyicha kuchli bilim bilan birga analitik fikrlashni rivojlantiradilar;
  3. Bachelor of Arts in Media Studies — bunda bitiruvchilar kommunikatsiya zarur bo‘lgan har qanday joyda — yirik kompaniyalarda marketing bo‘limlarida, matbuot xizmatlarida, ommaviy axborot vositalarida, reklama agentliklarida ishlashlari mumkin. Websterda talabalar jamoatchilik bilan aloqalarga strategik yondashuv, maqsadli kontent yaratish va axborotni tanqidiy tahlil qilish bilan bogʻliq koʻnikmalarga ega boʻladilar;
  4. Bachelor of Arts in International Relations — bunda bitiruvchilari xalqaro tashkilotlarda, yirik kompaniyalarda ishlash malakasiga ega boʻladilar. Talabalar xalqaro boshqaruv institutlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘rganadilar, jahon mamlakatlari va xalqaro birlashmalarning ichki va tashqi siyosatiga taʼsir etuvchi huquqiy, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarni tahlil qiladilar); Webster talabalari, shuningdek, jahon hamjamiyatining dinamikasi, strukturaviy xususiyatlari va gumanitar muammolarini oʻrganadilar;
  5. Bachelor of Education Studies — bu dastur keng koʻlamli taʼlim kontekstlarida oʻqitishga qaratilgan. Bunda oʻquv dasturlari, oʻrganish va taʼlim tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda global qamrov, fan va texnologiya, shuningdek, mahalliy hamjamiyatning muhimligiga urgʻu qaratadi. Ushbu bakalavriat dasturi talabalarga zamonaviy, globallashgan sharoitlarda oʻqitish uchun zarur boʻlgan keng koʻlamli vositalarni taqdim etadi. BEd mutaxassisliklari turli oʻquvchilarning talab va ehtiyojlariga munosib oʻqituvchilarga aylanadi.
  6. Bachelor of Science in Management Information Systems — bu bakalavr darajasi texnologiya va biznes tushunchalarini birlashtiradi, talabalarga IT bilan bogʻliq mavjud va kelajakdagi biznes muammolarini hal qilish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantiradi.

Quyidagi magistratura mutaxassisliklari ham taqdim etiladi[4]:

  1. Master of Business Administration (MBA);
  2. Education and Innovation (MA);
  3. Teaching English to Speakers of Other Languages (MA TESOL) + TESOL Certificate.

Oʻqitish tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet taʼlim jarayonlariga Toshkent shahridagi Webster universiteti rektori Vassilis Polimenis boshchilik qiladi[5]. Universitetda bugungi kunda bakalavriat va magistratura taʼlim darajasida 4000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda[6].

Vassilis Polimenis. Webster Universiteti rektori
Vassilis Polimenis. Toshkent shahridagi Webster universiteti rektori

Filial yiliga ikki marta talabalarni qabul qiladi. Shu tartibda, qabul qilingan guruhlar avgust yoki yanvar oyida oʻqishni boshlaydilar.

Oʻqitish tizimi CANVAS elektron ta’lim platformasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu elektron ta’lim platformasi kompyuter va mobil uyali aloqa telefonlariga yuklangan holda, uy vazifasi va topshiriqlarni yuklash, fanlarning onlayn muhokamasida ishtirok etish, olingan bilimlarni mustahkamlash uchun onlayn testlarni bajarish va oʻqituvchi bilan bevosita onlayn aloqa qilish imkonini beradi.

Bino[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahridagi Webster universiteti ochilgan davrdan boshlab poytaxt markazidagi tarixiy binoda joylashgan bo'lib, Respublika Oliy ta'limi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda sodiqlik timsoliga aylandi. Shuningdek, 2020-yilda ham Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi Websterga qo'shni bino va yer ajratdi. Talabalar va chet ellik o'qituvchilar uchun yotoqxona, qo'shimcha darsxonalar, axborot laboratoriyalari, video va audio dasturlarini yozish studiyalari tashkil etildi. Sharqiy binoda talabalar uchun sport zali va ovqatlanish zonalari tashkil etilgan.

Axborot resurs markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axborot resurs markazi (e-library) 30 oʻrinli elektron kutubxona hisoblanadi. Axborot resurs markazi talabalarga Sent-Luisdagi markaziy kutubxonadan foydalanish, xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar va 5690 dan ortiq elektron darslik hamda adabiyotlar bazasiga kirish imkonini beradi.

Alumni[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Eldor Sattarov — „Kings Academy“ oʻquv markazi asoschisi
  • Saodat Tadjibaeva — MA TESOL instruktor
  • Komil Abdurahmonov — „Golden Years“ oʻquv markazi asoschisi
  • Feruza Tuychiyeva — „Canadian School of Tashkent“ maktabi direktor oʻrinbosari
  • Eldor Nabiyev — Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti dekan muovini
  • Munisa Muxtarova — Akfa universiteti dekani
  • Sanjar Djalalov — „Sam IELTS“ oʻquv markazi asoschisi
  • Indira Abdullaeva — „IT KIDS“ oʻquv markazi asoschisi, O‘zbekiston biznes yetakchilari granti (UBL) g‘olibasi

Atletika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Webster universitetining atletik talismasi Gorlok boʻlib, maktabning Webster Grovesdagi Gore va Lockwood avenyulari burchagida joylashgani sharafiga shunday nomlangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]