Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
(BUT)
Xalqaro nomi Bucheong university
Asos solingan 2018
Oʻquv yurti turi universitet
Tipi gumanitar
Sohasi muhandislik
Talabalari 8 000
Fakultetlar 2
Bakalavriat 4 yil
Manzili Toshkent shahri Yakkasaroy tumani, Yusuf xos xojib k-si, 103 Toshkent, Oʻzbekiston
Vebsayti but.uz

Toshkentdagi Puchon universiteti (Inglizcha: Bucheon University in Tashkent, BUT) — Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirliklari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasidir[1]

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan[2] Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tashabbusi bilan tashkil etilgan.Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) 1958 yil aprel oyida tashkil etilgan. Ayni paytda talabalar soni 8 ming kishidan oshadi. Koreya Respublikasida Pucheon universitetining ikkita taʼlim maskani bor, ammo bu uning birinchi chet el filiali.

Yoʻnalishlari[tahrir]

Pucheon universiteti (Koreya Respublikasi) da quyidagi yoʻnalishlar mavjud:

  1. Gumanitar: boshqaruv fakulteti, mehmonxona boshqaruvi, maktabgacha taʼlim va boshqalar.
  2. Tabiiy fanlar: oziq-ovqat, hamshiralik va boshqalar.
  3. Muhandislik: arxitektura fakulteti, ichki dizayn, AKT, axborot xavfsizligi va boshqalar.
  4. Sanʼat: Raqamli media dizayni fakulteti.

Taʼlimning asosiy maqsadlari[tahrir]

  • Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari boʻyicha maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, taʼlimning boshqa mashhur yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oʻquv jarayonini tashkil etishda, ochiq axborot va taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashadigan maktabgacha taʼlim, arxitektura, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba sohasidagi boshqa ommabop taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining mutaxassislarini tayyorlash tizimiga joriy etish;
  • Mehnat bozorining mavjud muammolari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohalarida, shuningdek, taʼlimning boshqa mashhur yoʻnalishlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • Respublikada maktabgacha taʼlim, arxitektura, shuningdek, taʼlimning boshqa mashhur yoʻnalishlari uchun taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy va oʻquv muassasalari, boshqa korxona va tashkilotlar oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish.

Fakultetlar[tahrir]

Hozirgi vaqtda ikkita fakultet mavjud: „Maktabgacha taʼlim“, „Koreys tili va menejmenti“. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab universitet arxitektura fakultetini ochadi. Oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini inobatga olgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va standartlari asosida amalga oshiriladi. Oʻqituvchi va professorlar tarkibini Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) va Oʻzbekiston Respublikasining eng yaxshi mutaxassislari tashkil etadi..

Sh._qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]