Toshkent mineral suvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent mineral suvi - Toshkent atrofi artezian havzasiga mansub, maxsus xossa va komponentlarga ega boʻlgan mineral suv. Yuqori boʻr — senoman yarusidagi gravelit va qumtosh qatlamlarida joylashgan. Dastlab 1948-yil Eshonqoʻrg'on strukturasi (Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati, Sariogʻoch sh.)da topilgan. Toshkent sh. atrofidagi senoman yarusida oʻnlab burgʻi quduti kovlangan. Bu quduqlardan suv bosim ostida chiqib, ular fontan rejimida 1,35 lGʻsek.dan 10,6 lGʻ sek. debit bilan ishlagan. Toshkent mineral suvis. 1100 m dan 2345 m gacha boʻlgan gorizontda topilgan. Bu azotishqorli issiq suv boʻlib, 0,6—1,14 g/l minerallanishga ega. Suvning joylashish chuqurligiga qarab, temperaturasi 36° dan 7 G gacha. Tarkibi gidrokarbonatnatriyli, sulfatgidrokarbonatnatriyli, baʼzan xloridsulfatgidrokarbonatnatriyli boʻlib, unda radon konsentratsiyasi 4—9" eman, baʼzi mikroelementlar (Si, Al, Fe, Ti, Mo, V) ham mavjud. Geliyargon metodi bilan aniqlanishicha, Toshkent mineral suvis.ning yoshi 60 mingdan 3,5 mln. yilgacha. Toshkent mineral suvis.da geliy 0,2—1,6, argon 0,5—1,7, SO2 1,2—1,3 hajmli foizlarda erigan. Suv tarkibida (4,8—8,12) YU6 g/l uran, (1,49,9) YU12 g/l radiy; gazlardan 89,6% erigan azot, 12—18,6% kislorod, 0,5—8,9 karbonat angidrit bor. Suvning umumiy qattikligi 7,2— 8,2. Shifobaxsh omillari — yukrri traliligi, tarkibi kremniy kislota (30–40 mg/l)ga boyligidir. Toshkent mineral suvis. hozirgi vaqtda Tibbiy tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutoʻ va bir qancha fizioterapevtik shifoxonalar: "Chinobod", "Turon", "Botanika", "Chatqol" va boshqalarda foydalaniladi. Mineral suv tayanchharakat organlari, nerv sistemasi, ginekologik, ekzema, neyrodermit, oshqozonichak kasalliklarini davolashda qoʻllanadi. Undan tashkari, 1952-yildan "Toshkent mineral suvi" shifobaxsh ichimlik suvi sifatida isteʼmol qilinadi. Toshkent mineral suvisdan koʻplab foydalanish oqibatida burgʻi quduklaridan suvning tabiiy bosim ostida chiqishi (1 lGʻsek, yoki undan kam) keskin kamayib, pyezometrik sathning muntazam ravishda pasayishi kuzatilmoqda. Shuning uchun, Toshkent mineral suvis. katʼiy nazorat ostida — balneologik maqsadlarda hamda idishlarga quyilib ichimlik suvi sifatida ishlatilishi lozim.

Ad..Sultanxodjayev A. N., Stoynov T. F., Osnovnie tipi mestorojdeniy mineralnix vod, T., 1974.