Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali
(TDTU OF)
TDTU.png
Asl nomi ToshDTU Olmaliq filiali
Asos solingan 2017
Oʻquv yurti turi universitet filiali
Tipi mashinasozlik, mexanika, texnika
Sohasi muhandislik
Rektori Samadov Alisher Usmanovich
Talabalari 1400
Bakalavriat 4 yil
Manzili Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 1-uy[1]
Vebsayti tdtuof.uz

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali — Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining filiallaridan biri.

Tarix[tahrir]

Oʻzbekiston Prezidentining 27-iyul 2017-yil farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 27-iyul “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlariga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Umumkasbiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini o‘z ichiga oladi.Ayni vaqtda kunduzgi bo‘limda Mashinasozlik texnologiyalari, mashinasozlik ishlab chiqarilishini jihozlash va avtomatlashtirish, Konchilik ishi, Metallurgiya, Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Joriy o‘quv yilidan boshlab Konchilik elektr mexanikasi hamda Texnologik mashinalar va jihozlar nomli yangi yo‘nalishlar ochildi. SHuningdek, oliygohimizda kechki va maxsus sirtqi bo‘limlar ham tashkil etilib, ushbu bo‘limlarda 400 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Filialimizning kunduzgi va kechki bo‘limlariga abiturentlarning hujjatlari umumiy belgilangan tartibda qabul qilinadi. Maxsus sirtqi bo‘limga esa kamida uch yillik amaliy ish staji hamda “Olmaliq KMK” AJ, “Navoyi KMK” DK, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va meneral resurslar qo‘mitasining tavsiyanomalari talab etiladi.Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy labaratoriya jihozlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mazkur masalada Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi jumladan Metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, Kimyoviy texnologiya, Gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, Mashinasozlik hamda Favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid o‘quv-laboratoriyalarini belgilangan muddatlar doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan. Filialda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilarning o‘z ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ular belgilangan muddatlarda ilmiy maqola, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklarni chop etib kelmoqda. SHuningdek, tadqiqot doirasidagi dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli o‘tkazishmoqda. O‘tgan yilda ikki nafar professor-o‘qituvchi o‘z dissertatsiyalarini ana shunday muvaffaqiyat bilan himoya qilib, fan doktori ilmiy darajalariga ega bo‘lishdi. Joriy yilda esa yana to‘rt nafar professor o‘qituvchilarimizning ilmiy-tadqiqot ishlari oxiriga etkazilib, dissertatsiya himoyalarini o‘tkazish asosiy maqsadimiz sifatida belgilangan. Bu doirada o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan bir guruh yosh iste’dodli professor –o‘qituvchilarimizdan – Olmos Boltaev, Obid Xasanov, Vazira Ahmedova, Nazira Madusmonova, Rusana Sinjapova, Jahongir Turdibaevlarni misol keltirish mumkin. Ularning har biri talaba-yoshlarning kamol topishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashida bor bilim va tajribasini o‘rgatib, ma’nan boy avlodlar bo‘lib ta’lim-tarbiya olishlarida beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. Bilamizki, ta’lim-tarbiya har bir davlatning nafaqat bugunida, balki ertasida ham muhim masala sanaladi. SHu boisdan, talaba yoshlarimizning dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, Respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘laqonli tushuntirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik kabi illatlarga qarshi kurashish, o‘qish va darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish professor-o‘qituvchilarimizning doimiy e’tiboridadir.[2].

Fakultetlar[tahrir]

  1. Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti
  2. Energetika va mashinasozlik fakulteti

Fakultet kafedralari[tahrir]

Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti
Mutaxassislik kafedralari

  1. Konchilik ishi kafedrasi
  2. Metallurgiya kafedrasi

Nomutaxassis kafedralari

  1. Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

Energetika va mashinasozlik fakulteti
Mutaxassislik kafedralari

  1. Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi
  2. Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
  3. Kimyoviy texnologiya kafedrasi

Nomutaxassis kafedralari

  1. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
  2. Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi




Fakultetlar xaqida ma'lumotlar[tahrir]

Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti

О‘tgan asrning 50-yillarida О‘zbekistonda yirik foydali qazilma konlari aniqlanib, ularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bо‘lib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “О‘zbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq konlari va rudalarini boyitish fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq о‘tga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volform va molibden) ishlab chiqrishga mо‘ljallangan kombinat faoliyat kо‘rsatib kelayotgan edi. Ushbu konlarda, fabrikalarda zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa bilan Toshkent politexnika instituti (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) Konchilik fakulteti shug‘ullanar edi.
1961- yil Olmaliq shahrida kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilib, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda talabalar tahsil ola boshladi. Fakultet dekani etib, dotsent U.A. Isomuxammedov, dekan muovini etib I.Inagamov tayinlandi.
Sobiq Sovet davlat rahbarining (N.S. Xrushchev) “Oliy о‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga kо‘chirilsin” degan qarorga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi kon-metallurgiya fakulteti 1963 yil sentabrida Olmaliq shahriga kо‘chiriladi.
Fakultet Olmaliqqa kо‘chirilgandan keyin U.A.Isomuxammedov о‘quv ishlari bо‘yicha prorektor lavozimiga о‘tkazilib, Olmaliqdagi fakultetga dotsent Xoroshev dekan etib tayinlandi, dekan muovini etib, I. Inogamov tayinlandi. 2-3 yildan keyin esa Xoroshevning о‘rniga, I.Inogamov dekan etib tayinlanadi.
1967 yil sentabrda Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bо‘limi qayta Toshkentga kо‘chiriladi. Olmaliq shahrida esa, ToshPIning kechki “Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” tashkil qilinib, kechki bо‘limida о‘qiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari “Rangli metallar metallurgiyasi”, “Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa kafedralar “Sikl”ga aylantirilib, Toshkentdagi kon-metallurgiya fakultetining mutaxassislik kafedralari tasarrufida qoldiriladi. Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksizm-leninizm”, “Umummuhandislik”, “Chet-tillari”, hamda “Sanoat qurilish” kafedralari tashkil qilingan edi.”Foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga oldin dotsent V.N. Chazov keyinroq M.Asqarov rahbarlik qilganlar.
1967-1976 yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov D.S. dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981 yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich I.I.dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev A.A. dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov M.M. dekan vazifasida faoliyat olib bordi.
1995 yili Prezident qarori bilan Oliy о‘quv yurtlarining viloyatlardagi kechki bо‘lim va fakultetlari hamda filiallari tugatildi. Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham.
2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatini xamda Respublika sanoatining tog‘-metallurgiya sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflarini inobatga olinib, hamda ta’lim muassasalariga qabil qilish bо‘yicha Davlat komissiyasining 2001 yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti Rektorining 2001 yil 2-avgustdagi 1/68 –sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan.
O‘sha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus ko‘rsatishgan:
Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori O‘.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent Y.P.Isomatov, dotsent A.M.Mutalova va texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
2001-2012 yillarda A.S.Xasanov dekan vazifasida faoliyat yuritdi.
2012-2013 yillarda dotsent T.V.Botirov
2013-2017 yillarda dotsent D.B.Xoliqulov OKMF dekani vazifasida faoliyat yuritdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, rivojlantirish, shuningdek sanoatning tegishli bo‘limlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va ta‘minlash uchun 2017 yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida “Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” negizida Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali ochildi.
2017yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq fililalida 2 ta “Konchilik ishi va metallurgiya” hamda “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari tashkil qilindi.
“Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetida 2019 yil avgustgacha Abdusattorov D.N dekan vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
2019 yil sentyabrdan buyon “Konchilik ishi va metallurgiya” faklteti dekani vazifasida dotsent Y.P. Isomatov faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultet kafedralari

ToshDTUning Olmaliq filiali “Konchilik ichi va metallurgiya” fakekteti tarkibida 2 ta mutaxassislik kafedralari va 1 ta nomutaxasis kafedralari mavjud.

Mutaxassislik kafedralari
1. Konchilik ishi kafedrasi
2. Metallurgiya kafedrasi

Nomutaxassis kafedralari
1.Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

Fakultetlarning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, mahsus sirtqi va kechki bo‘limlarda olib boriladi.



Energetika va mashinasozlik fakulteti

1958-1961 yillar Toshkent politexnika institutining (ToshPI) Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qo‘mitasi raisi YU.S.Petrosov rahbar etib tayinlangan.
XX asrning 50-yillarida O‘zbekistonda yirik metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari qurildi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, CHirchiq o‘tga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volьfram va molibden) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kombinat faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ushbu zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar – injener metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa Toshkent politexnika instituti (Xozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tarkibidagi Konchilik Fakultetiga yuklatiladi. Shu munosabat bilan 1961-yili Olmaliq shahrida kechki, 1962-yili Toshkentda kunduzgi bo‘limga “Rangli metallar metallurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha abiturientlar qabul qilinib, injener metallurglar tayyorlash boshlab yuboriladi. Fakultet dekani dots. U.A. Isomuxammedov, dekan o‘rinbosari I.I.Inag‘amov bo‘lgan. Rahbariyatning “Oliy o‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin joylarga ko‘chirilsin” degan buyrug‘iga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kon-metallurgiya Fakulteti 1963-yil sentyabrida Olmaliq shahriga ko‘chiriladi. Fakultet Olmaliqqa ko‘chirilgandan keyin U.A. Isomuxammedov o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor lavozimiga o‘tkazilib, Olmaliqdagi fakultetga 1961 yil A.P.Turchits tayinlandi.
1963-1967 yillari Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlari tashkil etildi va texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.
1967 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi bo‘limi ToshPIga o‘tkazildi kechki, sirtqi bo‘limlarda Olmaliqda foliyat olib borildi.
1967-1976 yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov Djetis Satxalievich dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981 yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Miraxmad Maxamadovich dekan vazifasida faoliyat olib bordi.

Olmaliq kon metallurgiya fakultetida 1961-1995 yillarda ishlagan professor -o‘qituvchilar B.A. Stepanov V.N.CHazov, R.SHaripkulov, B.V.Popova, V.Ivanova, N.Nexoroshov, A.Zubkov, L.CHazova, M.I.SHupak, S.Abduraxmanov, M.Askarov, A.YUsupxodjaev, A. Mutalov, M.Abduraxmonov, M.Mutalova, T.Maxmadiyorov, M.Xolmatov, M.YAkubov, A.Xasanov kabi mutaxassislar talabalarga saboq berganlar.

1995 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakulteti Olmaliq davlat texnika kollejiga aylantirildi.
2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining tegishli bo‘limlarini va qolaversa Respublika sanoatining tog‘-metallurgiya sohasini tayyorlangan malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. O‘sha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus ko‘rsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori O‘.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent A.M.Mutalov va Fakultetning birinchi dekani texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 02.08.2001 yildagi №1/68 sonli buyrug‘i bilan Olmaliq kon-metallaurgiya fakulteti ochilgan. 2001 yilda birinchi bosqichga talabalar o‘qishga qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, ancha rivojlanganligi shuningdek sanoatning tegishli bo‘limlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va ta‘minlash uchun 2017 yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi.
ToshDTUning Olmaliq filiali “Energetika va mashinasozlik” fakekteti tarkibida 3 ta mutaxassislik kafedralari mavjud.

Fakultet kafedralari
1- Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi
2- Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
3- Kimyoviy texnologiya kafedrasi
Fakultetlarning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, mahsus sirtqi va kechki bo‘limlarda olib boriladi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Davlat Komissiyasining 2001 yil 18 iyuldagi 4-sonli majlis bayonnomasi, NavDKI ilmiy kеngashining 2001 yil va rеktorning 1.68-sonli buyruqi asosida Olmaliq kon-mеtallurgiya fakultеti ochildi va “Gumanitar fanlar” kafеdrasi tashkil topdi. 2001 yil 26 dеkabrda (qayd raqami № K1632.1) Navoiy davlat konchilik institutining Nizomida qayd etilganidеk, Olmaliq kon-mеtallurgiya fakultеti tarkibida “Gumanitar fanlar” kafеdrasi tashkil topdi.
Yosh avlod dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurini o’stirish, mustaqil O’zbеkistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy hayotida sodir bo’layotgan voqеa-hodisalarni tushuntirish, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishda kafеdra jamoasining xizmati kattadir.
Fakultеt tashkil etilgan kundan boshlab kafеdrani Z.T.Xudoybеrdiеva, I.A.Yuldashеva, T.O’.Mirzaqulovlar boshqarib kеldilar. Bu davrda kafеdraning moddiy-ta'minot bazasi mustaxkamlandi, o’z sohasini yaxshi biladigan profеssor-o’qituvchilar ishga qabul qilindi. 2011-2016 o’quv yillarida kafеdrani dots. M.A.Bayjumanov boshqardi. Bu davrda kafеdrada f.f.d. profеssor T.O’.Mirzaqulov, dots. G.O.Ernazarova, dots. K.A.Kraxmal, dots. M.S.Mamarazaqov, t.f.n. Maxmudov B.X., i.f.n. N.Mamadaliеva, katta o’qituvchilardan I.A.Yuldashеva, L.A.Kim, N.T.Abdulxakimova, D.S.Yusupov, Sh.A.Ro’zmatov, R.T.Urazovalar, assistеntlardan M.Qosimova, M.A.Vaxobova, B.Mamatkarimova, D.Azimov, X.Xasanova, S.Eronov, A.Murodqosimovlar ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardan saboq bеrib, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha turli mavzularda tadbirlar o’tkazib kеldilar.
2014 yildan boshlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dеb nomlandi. Kafеdrada 1 fan doktori, profеssor, 4 fan nomzodi, 2ta dotsеnt ishladi va kafеdraning ilmiy salohiyati 26,5 %ni tashkil etdi.
2017 yil 2 sentyabrdan IGF kafedrasi I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tarkibida faoliyat yurita boshladi. Kafеdra profеssor-o’qituvchilari fakultеtda “Ma'naviyat va ma'rifat” soatlari, “Ma'naviyat kuni” munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarda talabalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g’oyasini ular ongiga singdirishdеk ezgu ishlar hamda “O’zRni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Strategiyasi”ni targ’ib qilish va amalga tatbiqini ta’minlash vazifalarini amalga oshirmoqda.
Kafеdraning ilmiy yo’nalishi: O’zbеkistondagi hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, til va jamiyat, pеdagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari, sport-sog’lomlashtirish sohalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlar hisoblanadi. Shu davrga qadar ular tomonidan 10 ta monografiya va o’quv qo’llanmasi, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
Katta o’qituvchi R.Urazova 2017 yil 16 noyabrda tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Kafedraning professor-o’qituvchilari xalqaro, Respublika miqyosida, universitetda õtkazilgan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqdalar.
Kafedra professor-o’qituvchilarining diqqat markazida doimo talabalarning ta,lim-tarbiyasi, muammolari bо’lgan hamda shu maqsadda fakultetlarda, ijarada yashovchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar o’tkazilmoqda. Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoevning asarlari, nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilingan farmoyishlar mazmuni bilan talabalar muntazam ravishda tanishtirib borilmoqda.
Hozirgi paytda kafedra oliygohimiz miqyosida salmoqli, nufuzli, kõp profilli bilim va tarbiya dargohiga aylangan va Vatanimiz uchun yuksak malakali, ma,naviyatli, ma,rifatli, jismonan va ma’naviy etuk kadrlarni tayorlashda munosib hissa qo’shmoqda.


Kimyoviy texnologiya kafedrasi
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 2004 yil sentyabr oyida NDKIning Olmaliq kon-metallurgiya fakultetida “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” nomi bilan kafedra tashkil qilinadi. Kafedra mudiri lavozimiga prof. S.Abduraxmonov tayinlanadi. 2010 yilda esa fakultetda “Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinganligi va shu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga yuklatilganligi sababli kafedraning nomi “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” ga o‘zgartiriladi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilariga matematika, fizika, kimyo, ekologiya, hayot faoliyati xavfsizligi, axborot texnologiyalari, foydali qazilmalarni boyitish kabi fanlaridan fakultet talabalariga ma’ruza va mashg‘ulotlar olib borish topshiriladi.
Kafedra tashkil topgandan boshlab dotsentlar - SH.K.Qurbonov, Srojidinov I, Xakimov E, Raxmonkulov R, Mutalova M, Jumakulov T, Xasanov A hamda o‘qituvchilar - Shimina G, Toshkqodirova R.E, Asqarova N.M 2010 yildan boshlab esa dotsentlar - Xolikulov D.B, Mamatkulov N.N, Ikramova M.E, Kamolov T.O, Amanov R.O‘, o‘qituvchilar - Mirzaeva E.I, Kuchkarova N.X, Safarov O‘.O, Jumaev M.N, to‘liq shtatda, o‘rindoshlik asosida - OKMK mutaxassislaridan – Karimov Q, Ro‘ziqulov Q, Niyazmetov B; “Ammofos-Maksam” korxonasi mutaxassislaridan – Mamasoliev I, Isaev R, Rustamov B; shaxar favkulotda vaziyatlar bo‘limidan – Toshmatova U; “O‘ZGEORANGMETALLITI” institutidan I.Raxmonovlar talabalarga saboq berib kelmoqda va kafedraning shakllanishiga katta xissa qo‘shishmoqda. 45ta fandan o‘quv-uslubiy majmua, amaliy va laboratoriya (tajriba) mashg‘ulotlariga uslubiy ko‘rsatmalar va 2ta o‘quv qo‘llanma mavjud.
Kafedra professor-o‘qituvchilari 3 ta davlat granti mavzusi bo‘yicha, 4 ta xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy ishlar olib bordilar, natijada 50 ga yaqin ilmiy maqolalar va tezislar, 2 ta monografiya nashr qilindi. Professor Abduraxmanov S. rahbarligida 2ta nomzodlik (SH.K.Qurbonov, N.Doniyorov) va 2ta doktorlik (A.S.Xasanov, A.A.Qurbonov) dissertatsiyalari himoya qilindi.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb qilish maqsadida kafedrada “Yosh metallurg” va “Yosh kimyogar” to‘garaklari tashkil qilinib, to’garakda talabalar ustozlar bilan birgalikda ilmiy maqolalar, tezislar chop etishmoqda va bitiruv malakaviy ishlarini ilmiy mavzuda bajarishmoqda. Shulardan Bekbutaev U. Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan.
Kafedra talabalari fan olimpiadalari hamda sport musobaqalarida faol. Jumladan, Munosibov SH. – Tarix fanidan respublikada uchinchi o‘rinni olgan, Ne’matov A. – Belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgan.
2017 yil iyul oyida Navoiy davlat konchilik instituti tasarrufidagi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tugatilib, uning o‘rniga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali tashkil qilinadi. Olmaliq filiali tarkibida mustaqil “Metallurgiya” va “Kimyoviy texnologiya” kafedralari tashkil qilinadi.


Elektrotexnik va elektromexanika kafedrasi
Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2004 yil 1 iyundagi 1/61 – sonli buyrug‘i bilan 2004 yilning 1 – sentyabridan Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining “Konchilik ishi va konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedraga 2003-2006 yillar t.f.n. dotsent Mutalov Abduhamid Mutalovich, 2006-2011 yillar katta o‘qituvchi Anarboev Sulton Akkulovich rahbarlik qildi. 2011-2015 yillarda esa katta o‘qituvchi Mo‘minov Maxmudjon Umurzakovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. “KI va KEM” kafedrasi institut rektorining 09.07.08 yildagi 1/150 – sonli buyrug‘iga asosan alohida “Konchilik ishi” va “Konchilik elektr mexanikasi” kafedralariga bo‘lindi. 2011 yildan boshlab “Konchilik elektrmexanikasi” yo‘nalishi vazirlik buyrug‘iga asosan “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” deb nomlandi. Ushu kafedrani 2015 yil yanvar oyidan 2017 yil avgust oyigacha t.f.n. Rayxanova Galiya Eleubaevna boshqarib kelgan. 2017 yil sentabr oyidan hozirgi kungacha “Elektr texnika va elektr mexanika” kafedra mudiri lavozimida G’aniyev Sarvar Tursinboyevich faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedrasida 1 ta dotsent , 1ta professor , 7ta katta o’qituvchi va 3ta assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra tog’-kon sanoati tashkilotlari bilan hamkorlik o’rnatgan. Xususan, OKMK AJ bosh mutaxassislari ham talabalariga o’z bilim va ko’nikmalarini berib kelishmoqda. Kafedraning professor-o’qituvchilari kaferda ahllik bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda jips bo’lib ishlab kelishmoqda . Oхirgi yillarda yosh kadrlar kafedraga jalb qilinmoqda. Kafedrada Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan uyishtirilayotgan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.


Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining “Konchilik ishi va konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 1 iyun 2004 yildagi 1/61 – sonli buyrug‘i bilan tashkil qilingan bo‘lib, 2004 yilning 1 – sentyabridan o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedraga 2004 yil 2 sentyabrdan texnika fanlari nomzodi, dotsent Mutalov Abduhamid Mutalovich rahbarlik qilgan. Mutalov Abduhamid Mutalovich kafedraga 2004-2006 yillarda rahbarlik qilgan. NavDKI rektorining 2008 yil 9 iyuldagi №1/150 buyrug’iga asosan “Konchilik ishi va kon elektromexanikasi” kafedrasini ikkita ixtisoslashtiruvchi “Konchilik ishi” va “Kon elektromexanikasi” kafedralariga bo’lindi. 2006-2011 yillarda “Kon elektromexanikasi” kafedrasiga katta o’qituvchi Anarbayev Sultan Akkulovich rahbarlik qildi. 2011 yilda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’iga binoan “Kon elektromexanikasi” mutaxassisligi “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar” 5310700 ga qayta nomlandi va keyinchalik kafedrani “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar” kafedrasi deb nomlana boshlandi. 5320200 – “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishi shu kafedra tarkibida bo’lgan. 2011-2015 yillarda katta o‘qituvchi Mo‘minov Maxmudjon Umurzakovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 2015 yil yanvar oyidan 2017 yil avgust oyigacha “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasini t.f.n. Rayxanova Galiya Eleubaevna boshqarib kelgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 iyul 2017 yildagi PP-3153 №516 buyrug’iga asosan “Elektrtexnika, elekrtomexanika, elektrtexnologiyalari” kafedrasini ikkita ixtisoslashtiruvchi “Elektrotexnik va elektromexanika” va “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralariga bo’lindi. Hozirda “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasiga esa t.f.d. B.Q.Tilabov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1ta t.f.d., 1 ta dotsent , 4 ta katta o’qituvchi va 4 ta assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra tog’-kon sanoati tashkilotlari bilan hamkorlik o’rnatgan. Xususan, OKMK AJ bosh mutahassislari ham talabalarga o’z amaliy bilimlarini berib kelishmoqda. Yosh kadrlar kafedraga jalb qilinib, yetakchi va malakali ma’ruzachi professor-o’qituvchilar boshchiligida soha va yo’nalishlarga oid o’quv-metodik adabiyotlar yaratilmoqda. “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tomonidan uyishtirilayotgan har xil respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy texnik konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.


Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi
“Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi 2017 yil 2 sentyabr Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Energetika va Mashinasozlik fakulteti tarkibida tashkil topgan.
2017 yildan texnika fanlari nomzodi, dotsent Musayev Muhammadjon Usarovich kafedra mudiri lavozimida ishlab keldi.
2018-2019 yildan Turdibayev Jaxongir Eraliyevich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada matematika, fizika, kimyo, texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanlaridan dars beriladi.


Konchilik ishi kafedrasi
“Konchilik ishi” kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2008 yil 9-iyuldagi № 1/150 sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. 2008 yil kafedraga dots. A.S.Xasanov rahbar qilib tayinlandi. Kafedraga akademik X.A.Akbarov, Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, t.f.d.professor B.R.Raimjonov, professor B.Sh.Shakarovlar taklif etildi. Shtat bo‘yicha kafedrada prof. Xasanov A.S., dotsent Yu.P.Isamatov, dotsent M.A.Mutalova, katta o‘qituvchi M.Q.Shamayev, assistent O.A.Xasanovlar faoliyat ko‘rsatib kelishdi.
Kafedraning 201 yildan birinchi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Musayev Muhammadjon Usarovich bo’ldi. 2015-2019 yildan professor B.Sh.Shakarovlar kafedra mudiri lavozimida ishladi. 2018-2019 yildan M.Q.Shamayev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.


Metallurgiya kafedrasi
Kafedra 2004 yil Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” nomi bilan tashkil topgan. Kafedraning 2004-2010 yillar davomidagi birinchi mudiri texnika fanlari doktori, professor Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich bo’lgan. 2010 yilda kafedraning nomi “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” ga o`zgartirilib, 2010-2015 yillar davomida kafedrani kimyo fanlari nomzodi R. Amanov boshqargan. Bu vaqtda kafedra ikkita “Metallurgiya” va “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlagan.
2017 yil avgustda NDKI tasarrufidagi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tugatilib, uning o`rniga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali tashkil qilinadi va “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” kafedrasi ikkiga bo`linib, mustaqil “Metallurgiya” va “Kimyoviy texnologiya” kafedralari tashkil qilinadi.
2015-2018 yillarda kafedraga t.f.d. professor S. Abduraxmonov raxbarlik qilgan. 2018-2019 yillarda Boltaev O kafedra raxbarlik qilgan. 2019 yildan Sunatov J kafedra raxbarlik qilib kelmoqda.


Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
“Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining strukturasiga ko’ra 2017 yilning sentyabrdan boshlab alohoda kafedra sifatida o’z faoliyatini boshladi.
Unga texnika fanlari nomzodi, dotsent T.T.Adilov mudir etib tayinlandi.


Manbalar[tahrir]