Toshkent astronomiya muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent astronomiya muzeyi – Butun Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan astronomiya muzeyi sanaladi. U 2009-yil Oʻzbekiston fanlari Akademiyasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti bazasida taʼsis etilgan. Ushbu muzey ochilishi 2009-yil BMT tomonidan eʼlon qilingan. Shuningdek, bu muzeyga asos solinishi Oʻzbekistonning atoqli falakiyot olimi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 615 yilligiga borib taqaladi.[1]

Astronomiya muzeyining yangi ekspozitsiyasi YUNESKO tashkiloti yordamida amalga oshirilib, unga tashrif buyurgan sayohatchilarda yaxshi taassurot qoldiradi. Ulugʻbek rasadxonasining asosiy eʼtiborli jihati meridian kvadranti maketi hisoblanadi. Unda oʻquvchi-talabalar Ulugʻbek rasadxonasida olib borilayotgan falakiyot kuzatishlarini koʻrishlari mumkin. Muzeyda falakiyotshunosni «Ziji-Koʻragoniy» jadvallarining maketi boʻlib, 1018 ta yulduzning koordinatlari aniqlangan.

Jahon ilm-faniga rivojiga hissa qoʻshgan falakiyot fanini paydo boʻlish tarixi shu muzeyning boʻlimlaridan joy olgan. Muzeyning boshqa noyob buyumlari qatorida XVIII asrda yashagan angliyalik usta Jeyms Short teleskopi ham mavjud. Aynan bu asbob mashhur fizika olimi Isaak Nyuton tomonidan ixtiro qilingan.

Antikvar buyumlarni xush koʻruvchilarni eʼtiborini XVIII asr londonlik soatsoz Garrison ixtiro qilgan dengiz xronometri tortadi. Oʻzining bu kashfiyoti uchun soatsoz Nyuton taklifi bilan Angliya parlamenti mukofoti bilan taqdirlangan.

Shuningdek, muzey ekspozitsiyasida XVIII asrga oid olmon teleskopi, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi fransuz teleskopi, XIX asrga oid Muhammad Sharif Buxoriyning osmon globusi ham mavjud.

1936-1939-yillarda Tinch okeani astronomiya jamiyati va mamlakat Fanlari akademiyasi ikkita kometani kashf etgan toshkentlik astronom Stefan Kozikka taqdim etilgan nominal medallar muzey ekspozitsiyasidan qatoridan joy olgan.

Ushbu muzeyda barcha zamonning buyuk falakiyotshunos olimlarining portretlari, yulduz va sayyoralar suratlari, bundan tashqari Astronomiya institutining asosiy ilmiy negizida – Maydanak rasadxonasi va Kitob stansiyasi mavjud.

Oʻzbek astronom olimlari amerikalik va olmon astronomlari bilan birga olamshumul ishni: Tadqiqot ishlari jahondagi eng yirik rasadxonalar, jumladan Samarqandning 120 kilometr janubda joylashgan Maydanak rasadxonasida amalga oshirishmoqda.[2]

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Музей астрономии в Ташкенте rutraveller.ru
  2. Музей Астрономии, Ташкент www.orexca.com