Toshkent-Dushanba avtomobil yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshkent-dushanba avtomobil yoʻli (M34) — xalqaro ahamiyatli magistral yoʻl, Toshkent shahrini qoʻshni Tojikistonning poytaxti Dushanba sh. bilan bogʻlaydi. Yoʻlning oʻtmish tarixi bundan 5000 yillar avvalgi karvon yoʻllardan boshlanadi. 20-asrning 30—40-yillarida yoʻldan foydalanish xizmati tashkil qilinib, avtomobil yoʻliga aylantirilgan.

Umumiy uz. 457 km. Shundan 170 km Uzbekistan, 287 km Tojikiston hududidan oʻtadi. Yoʻl Toshkent shahridan boshlanib, Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Mirzaobod, Xovos tumanlari, Jizzax viloyatining Yangiobod tumani orqali oʻtadi va Tojikistonning Sugʻd viloyatida Zafarobod, Oʻratepa, Shahriston tuman markazlari orqali Turkiston togʻ tizmasidan Shahriston dovoni (3378 m.), Zarafshon togʻ tizmasidan Anzob, dovoni (3372 m; dovonda "Ushtur" tunneli qurilmoqda), Hisor togʻ tizmalaridan oʻtib Varzob sh. orqali Dushanbaga kirib boradi. Yoʻl OʻzR hududida, asosan I—II toifali, asfaltbetonli, Zafarobod — Shahriston, Varzob — Dushanba oraliklarida qattiq asfaltbeton toʻshamali, II—III toifali. Yoʻlning 200 km dan ortiqroq boʻlgan togʻ va dovonlardan oʻtadigan Shaxriston — Varzob oraligʻidagi kismi qora shagʻal toʻshamali, IV—V toifali.

Oʻzbekiston hududida yil davomidagi oʻrtacha kunlik transport qatnovi jadalligi 7000—15000 avtomobil/kunni, Tojikiston hududida 1000 —7000 avtomobil/kunni tashkil qiladi (2004).