Toshbuloq
Toshbuloq
Ma`nosi "toshli buloq" ya'ni u yerda 7 ta toshli issiq va sovuq shifobaxsh buloqlar mavjut. Bu buloqlardan biriga Ohunov nomidagi davolanish maskani qurilgan | |
---|---|
shahar | |
40°55′24″N 71°34′19″E / 40.92333°N 71.57194°E G OKoordinatalari: 40°55′24″N 71°34′19″E / 40.92333°N 71.57194°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Namangan tumani |
Aholisi | 13 947 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Toshbuloq — Namangan viloyati Namangan tumanidagi shaharcha, tuman markazi. 1989-yil 18-oktabrda tashkil qilingan. Namangan shahridan 10 km gʻarbda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Namangan (10 km). aholisi 13947 kishi (2003). T.da „ToshbuloqTola“ aksiyadorlik jamiyati, „RayhonTola“ pillani qayta ishlash korxonasi, „Toshbuloq-Tekstil“ toʻqimachilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Avtokorxona, dehqon bozori, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, „Yoshlar markazi“ ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 kasbhunar kolleji, maqom va xor jamoalari, „Olvalizor gullari“ ashula va raqs xalq ansambli bor.
Stadion, 2 tennis korti, 2 ta bolalar sport maktabi mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez tibbiy yordam ilmiy markazi boʻlimi, markaziy dorixona, 5 xususiy dorixona, 2 xususiy kasalxona aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |