Toshbaqatol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshbaqatol (Haplophyllum regforatum) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik badboʻy oʻt. Nuqtasimon qora bezlar bilan qoplangan. Boʻyi 3070 sm, poyasi yuqori qismidan shoxlangan. Bargi tolning bargiga oʻxshash uzunchoq, tekis qirrali. Guli sariq, poya va shoxlar uchida qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Mevasi 4 chanoqli ochilmaydigan koʻsakcha. May — iyudda gullaydi, avgustda urugʻi pishadi. T. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi adirlar, togʻ etaklari va oʻrta qismidagi yon bagʻirlarda oʻsadi. Tarkibida 0,050— 0,21% efir moyi, bargida 0,1 — 1,2%, poyasida 0,075 — 0,14%, ildizida 0,025%, urugʻida esa 1,6% alkaloid Toshbaqatol. (xaploperin, ixoxaploperin, skimmanin, xaplofin, xaplofilidin va perforin) bor. Poyasi va barglaridan tayyorlangan qaynatma va damlamalar tish ogʻrigʻi va har xil teri kasalliklarini davolashda qoʻllanadi.