Tosh oʻymakorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tosh o‘ymakorligidan yoʻnaltirildi)

Tosh oʻymakorligi - oʻymakorlik turi; amaliy bezak sanʼatining keng tarkalgan sohasi. T.oʻ.da bezatiladigan buyum sirtiga oʻyib, baland yoki yassi boʻrtma hosil qilib yozuv, naqsh, tasvir ishlanadi. Bunda yumshoq (gipstosh, ohaktosh va boshqalar), oʻrtacha (malaxit, marmar va boshqalar) hamda qattiq (nefrit, lazurit, yashma va boshqalar) toshdan foydalaniladi. Tosh turlari inkrustatsiya kilinishi, oʻzaro biriktirilishi, zichlabqalab mustahkamlab, keyin T.oʻ. bilan bezatilishi mumkin. Oʻzbekiston hududidan topilgan T.oʻ.ning ilk namunalari neolit, eneolit, jez davrlariga mansub. Oʻrtaosiyolik ustalar qadimdan mineral va togʻ jinslarining xossalari, ishlash usullarini yaxshi bilgan; yassi boʻrtma (relyef)li T.oʻ. rivojlangan. Hozir T.oʻ.ning asosiy qismi mexanizatsiyalashgan (yana qarang Toshtaroshlik).